23:26 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)
76211

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatovning soʻzlariga qaraganda, muzokaralar yakunlanish bosqichida. Uning shaxsiy taxminiga koʻra, tashkilotga kirish Oʻzbekiston uchun foydali boʻlgan boʻlar edi.

TOSHKENT, 26 dek - Sputnik. Oʻzbekistonga YEOIIga kirish foydaliroq boʻlgan boʻlardi, hozir bu masala faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov maʼlum qildi.

“Hozir bu masala juda sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda. Oʻrganishlar keyin taroziga solib koʻriladi va, tabiiy, qaror qabul qilinadi”, - dedi Ilhom Neʼmatov.

“Oʻzbekistonning iqtisodiyoti, sanoati, qishloq xoʻjaligi oʻsmoqda. Eksport hajmi oshmoqda. Bizga bozor, maydon kerak. Bu maydon qayerda? Bu maydon Qozogʻiston, Rossiya, Qirgʻizistonda va ular YEOII aʼozlaridir. Shuning uchun toʻgʻrisini aytaman – men ishtirok etish tarafdoriman. Faqatgina iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda... Yana bir ahamiyatga ega boʻlgan omil – demografiya. Aholi oʻsmoqda, yiliga 700 ming kishiga koʻpaymoqda. Tabiiy, biz 700 mingni proportsional ish bilan taʼminlay olmaymiz. Bu nimaga olib keladi? Migratsiyaga. Xalqimiz qayerga migratsiya qiladi? Rossiyaga, Qozogʻistonga. Ushbu omil ham Oʻzbekistonning YEOII bilan yaqin aloqalarni saqlashini belgilaydi.  U yerda aʼzolar (mamlakatlar) uchun, migrantlar uchun boshqa sharoitlar. Shu bois men ushbu sharoitlardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishimiz lozim deb hisoblayman”, - deya qayd etdi u.

Neʼmatovning taxminlariga koʻra, bu boradagi muzokaralar yaqin kunlarda yakunlanishi mumkin.

“Hozir, fikrimcha, (masala) tezlashtirilmoqda. Yaqinda, dekbr boshida Siluanov jamoasi (Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov – tahr.) Samarqandda boʻlgan edi. Demak, muzokaralar olib borilmoqda. Ehtimol, tez orada yakunlanadi. Oʻylaymanki, yaqin kunlarda yakunlashadi”, - dedi Neʼmatov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov mamlakat agar foydali boʻlsa, YEOIIga qoʻshilishini maʼlum qilgan edi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)
Teglar:
Oʻzbekiston, YEOII

Asosiy mavzular