Shavkat Mirziyoyev 2020-yildagi muhim vazifalarni belgilab berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami palat parlamenta, chlenami pravitelstva, glavami ministerstv i vedomstv
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami palat parlamenta, chlenami pravitelstva, glavami ministerstv i vedomstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi va 2020-yildagi muhim vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Flagi sentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
2019 yil yakunlanmoqda: Markaziy Osiyo boyib ketdimi?

Davlat rahbari bugun erishilgan natijalar hali marra emasligi, oldinda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish, imkoniyatlardan kengroq foydalanish uchun 2020-yil sinov yili bo‘lishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda 2019-yilda yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, 2020-yilga belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, mas’ul ijrochilar va muddatlarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, bevosita joylarga borib, ularning ijrosini tashkil qilish va doimiy nazoratni ta’minlash kerakligi aytib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasi ijro hokimiyati faoliyatini samarali tashkil etib, har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi va boshqa idoralarning 2020-yil har choragi uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, ijrosini qat’iy nazoratga olishi zarurligi qayd etildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 25-dekabrya provel soveshanie po voprosam aktivnogo privlecheniya i effektivnogo ispolzovaniya grantov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yangi grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Kelgusi yilda davlat korxonalarini samarali boshqarish va iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi ta’kidlandi.

Investitsiya dasturidagi infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish, transport, ayniqsa, temir yo‘l va aviatsiya sohasida boshlangan islohotlarni jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.

Qurilish-pudrat va loyiha bozorini tartibga solish, bu bozorda erkin raqobat muhitini va zamonaviy shaharsozlik meyorlarini joriy etish, qurilishni arzonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH raisi sifatida 70dan ortiq tadbirlar o‘tkazadi

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani pasaytirish, narx-navoni shakllantirishni to‘liq bozor munosabatlariga o‘tkazish, erkin raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, iste’mol tovarlarni, ayniqsa, oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish orqali narx-navoning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Bank tizimidagi islohotlarni davom ettirish, qulay va sifatli bank xizmatlarini kengaytirish ham muhimligi ta’kidlandi.

Xalqda tadbirkorlik tashabbuslarini oshirish, boqimandalik kayfiyatidan xalos etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Mamlakatda qulay biznes muhitini yaratish, jumladan, soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish, axborot texnologiyalarini keng qo‘llash va inson omilini maksimal qisqartirish zarurligi ta’kidlandi.

Tashqi savdo va investitsiya borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va xorijiy kreditlarni samarali ishlatish, ularni aniq natija beradigan loyihalarga yo‘naltirish, investorlar bilan manzilli ishlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Dekabrdan boshlab pul-kredit statistikasi yangi kengaytirilgan shaklda e’lon qilinadi

Shuningdek, xorijiy tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etib, aniq natijalarni ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish, eksportning tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, yangi bozorlarga chiqish uchun tashqi savdoni tubdan takomillashtirish talab etiladi. Bojxona, standart, karantin kabi sohalarni isloh qilib, ularni tadbirkorga ko‘makchiga aylantirishni taqozo etadi. 

Yig‘ilishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa ijtimoiy sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

“Kelgusi yilda turistlar oqimini 7,5 millionga yetkazish va xizmatlar eksportini 1,5 milliard dollardan oshirish bu sohadagi eng ustuvor vazifaligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlarni, ayniqsa, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, oila oldidagi mas’uliyatni anglash, psixologik tayyorgarlik va oiladagi munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnatish, oilada sog‘lom muhitni yarata olish zarur”, - deyilgan xabarda.

Agrosanoat majmuiga kiruvchi tarmoq va soha rahbarlari uchun Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ijrosini ta’minlash kelgusi yil uchun eng ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Bunda, paxta, g‘alla, sholi klasterlariga kerakli sharoitlar yaratish, yangi tizimda yuzaga keladigan muammolarni muntazam tahlil qilib, ularni bartaraf qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston: 2019-yilning eng muhim voqealari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston: 2019-yilning eng muhim voqealari

Shuningdek, yig‘ilishda neft-gaz, kimyo tarmoqlari, energetikani rivojlantirish, ushbu sohalarga xususiy sektor va investitsiyalarni faol jalb qilish, xomashyo qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlarni to‘liq va sifatli amalga oshirish uchun barcha rahbarlar o‘z tizimida pastga tushib, xodimlar va resurslarni maksimal darajada safarbar qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident tomonidan qo‘tarilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir va hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari yig‘ilishda so‘zga chiqib, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarish bo‘yicha sohalarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishlarini ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0