Kim Chen In tez orada yangi strategik qurolni ko‘rsatishga va’da berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni
KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik siyosatini to‘xtatmas ekan, KXDR mamlakat himoyasi uchun zarur bo‘lgan strategik qurol ishlab chiqarishni to‘xtatmaydi, aksincha, davom ettiradi, deya bayonot qildi Kim Chen In

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In, toki AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan o‘zining dushmanlik siyosatini yo‘qotmas ekan, mamlakat strategik qurolni ishlab chiqishda davom etishini va tez orada yangi strategik qurolni taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda Ronxap agentligi Koreya Mehnat partiyasi yalpi majlisida KXDR yetakchisi qilgan ma’ruzaga tayanib xabar bermoqda.

Lider Severnoy Korei Kim Chen In prinimayet uchastie v ispitanii mnogotselevoy raketnoy puskovoy ustanovki - Sputnik O‘zbekiston
KXDR ballistik raketa uchirdi – Janubiy Koreya

"AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik siyosati yo‘qotilmas va Koreya yarim orolida barqaror tinchlik o‘rnatilmas ekan, KXDR mamlakat himoyasi uchun zarur bo‘lgan strategik qurol ishlab chiqarishni to‘xtatmaydi va davom ettiradi … Tez orada biz (hammaga - tahr.) KXDR ega bo‘lgan yangi strategik qurolni ko‘rsatamiz", — deb bayonot qilgan Kim Chen In yalpi majlisda qilgan chiqishi davomida.

KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining yettinchi chaqirig‘i beshinchi yalpi majlisining birinchi kuni shanba kuni mamlakat yetakchisi Kim Chen In raisligida o‘tkazildi. Tadbirda partiya qurilishi va milliy xavfsizlik singari "muhim masalalar" muhokama etildi. Shimoliy Koreya sal oldin mamlakat va chet eldagi vaziyat o‘zgarganligi tufayli muhim masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi uchun dekabr oyi oxirida ushbu yig‘ilishni o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.

Voyennie ucheniya v Yujnoy Korei - Sputnik O‘zbekiston
KXDR tahdidiga qaramay, AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

KXDR dushanba kuni yalpi majlisning ikkinchi kuni yakunlari haqida hamda majlis uchinchi va to‘rtinchi kunlarga uzaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Kim Chen In majlisning uchinchi kunida davlat qurilishi, iqtisodiyot va qurolli kuchlarni rivojlantirish haqida qo‘shma bayonot bilan chiqish qildi. KXDR yetakchisi davlat boshqaruvi, xususan, mamlakat iqtisodiyotini tartibga solish, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar va ekologik muhitni muhofaza qilishga doir turli masalalarni yoritib berdi.

Janubiy koreyalik ekspertlar biroz avval Kim Chen In millatga Yangi yil murojaatini plenus qaroriga almashtirishi mumkinligi haqida xabar berishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0