Takroriy ovoz berishda saylangan deputatlar ro‘yxati e’lon qilindi

© Sputnik / Maksim BlinovVibori v parlament Uzbekistana
Vibori v parlament Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 25 ta saylov okruglaridan 2020-yil 5-yanvarda bo‘lib o‘tgan takroriy ovoz berish natijasida saylangan deputatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. MSK O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 25 ta saylov okruglaridan 2020-yil 5-yanvarda bo‘lib o‘tgan takroriy ovoz berish natijasida saylangan deputatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Podschet golosov na parlamentskix viborax v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston
Parlament saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Kuni kecha 25 ta saylov okrugidagi 1 730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish o‘tkazildi.

Ushbu saylov uchastkalarida 3,14 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan edi — ulardan salkam 2 millioni (62,8 foizi) takroriy ovoz berishda qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, saylovlarning umumiy yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar quyidagicha deputatlik o‘rinlariga ega bo‘ldi: O‘zLiDeP — 53 nafar (35 foiz); "Milliy tiklanish" — 36 nafar (24 foiz); "Adolat" SDP — 24 nafar (16 foiz); O‘zXDP — 22 nafar (15 foiz); Ekopartiya — 15 nafar (10 foiz).

Yangiliklar lentasi
0