10:04 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
107 0 0

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining birinchi sessiyasida Toʻra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining birinchi sessiyasida Toʻra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, sessiyada ishtirok etgan Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Oʻzbekiston prezidenti tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga 3-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Bobolov Toʻra Abdiyevichning nomzodini Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash toʻgʻrisida taqdimnomani oʻqib eshittirgan.

Nomzod boʻyicha partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgan va Toʻra Bobolovning nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror bir ovozdan maʼqullangan.

“Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan taklif etilgan Bobolov Toʻra Abdiyevichning nomzodi tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jahongir Ortiqxoʻjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular