20:49 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Siyosat
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (33)
400 0 0

Shu bilan birga, Raisiy, Eron hukumati aynan qaysi instantsiyaga murojaat etishni rejalashtirganligiga aniqlik kiritmagan.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Eron Oliy sudi rahbari Ibrohim Raisiy Tehron sudda AQSH prezidenti Donald Trampni general Kasem Sulaymoniy qotilligida ayblashini maʼlum qildi.

"Biz uni tinch qoʻymaymiz, u xalqaro tribunal qarshisida turishi kerak", - deb keltiradi Raisiy soʻzlarini Fars axborot agentligi.

Oliy sud raisi taʼkidlaganidek, bu ish bilan inson huquqlari boʻyicha Eron kengashi tashqi siyosiy mahkama bilan birgalikda shugʻullanmoqda.

Shu bilan birga, Raisiy, Eron hukumati aynan qaysi instantsiyaga murojaat etishni rejalashtirganligiga aniqlik kiritmagan.

Yaqin Sharqdagi ziddiyat

Amerika qoʻshinlari dekabr oyi oxirida Suriya va Iroqdagi shiyalarga qarashli "Kataib Xezmollah" obʼyektlari boʻylab zarba berishgach, Yaqin Sharqdagi vaziyat oʻta keskin tus oldi. Shundan soʻng harakat tarafdorlari Bagʻdoddagi amerika dipmissiyasini shturm qilishga kirishdilar, soʻngra Vashington tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiyada eronlik general Kasem Suleymoniy va Iroq shiya koʻngilli qoʻshinlari rahbari oʻrinbosari Abu Maxdi al-Muhandis halok boʻldilar. AQSH ularni elchixonaga uyushtirilgan shturmga aloqador, deb hisoblamoqda.

Shundan soʻng, Tehron va Vashington bir-birlarining harbiy obʼyektlariga zarba berish bilan tahdid qildilar. Eron parlamenti amerika armiyasi va Pentagonni terroristik tashkilot, deb tan oldi.

Chorshanbaga oʻtar kechasi Eron Amerikaning Iroqdagi harbiy bazalari boʻylab raketa zarbalarini amalga oshirdi. Eron OAV xabariga koʻra, 80 kishi shu zarbalar qurboniga aylandi.

AQSH bu bayonotlarni rad etmoqda. Trampning oʻzi hujumdan soʻng "hammasi joyida"ligini maʼlum qildi. Tehron amerika bazalari boʻylab zarbalarni Sulaymoniy oʻlimi uchun qasos, deb tatadi.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (33)

Asosiy mavzular