10:53 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
84 0 0

Eron Tashqi ishlar vazirligi Britaniya elchisining Tehrondagi norozilik namoyishlarda qatnashishini qoraladi va buni mamlakat ishlariga qoʻpol aralashish deb atadi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Eron Tashqi ishlar vazirligi Britaniya elchisining Tehrondagi norozilik namoyishlarda qatnashishini qoraladi. Eron buni mamlakatning ichki ishlariga qoʻpol aralashish deb hisoblaydi.

“Buyuk Britaniya elchisining Tehrondagi ichki namoyishlarda qatnashishi Eronning ichki ishlariga qoʻpol aralashish sifatida koʻriladi va diplomatik munosabatlar tamoyillariga ziddir”, - deyiladi Eron TIV bayonotida.

Eron Buyuk Britaniyani “har qanday aralashishlar va igʻvogarlik xatti-harakatlar”dan tiyilishga chaqirgan. Vazirlik agar bu kabi harakatlar takrorlansa, TIV elchini faqat idoraga chaqirish bilan cheklanib qolmasligi haqida ogohlantirgan.

“Buyuk Britaniyaning har qanday xatosi Eron tomonidan keskin va muvofiq javob bilan qabul qilinadi. Britaniya hukumati buning uchun toʻliq javobgar boʻladi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Buyuk Britaniya TIV Eron elchisiga Britaniya elchisi Robert Makeyrning Tehronda qoʻlga olishini munosabati bilan keskin norozilik bildirgan edi.

Makeyr 11 yanvar kuni Tehronda universitet oldidagi norozilik namoyishi oʻtkazilayotgan joyda qoʻlga olingan edi. Uning soʻzlariga koʻra, diplomat 8 yanvar kuni Eron harbiylari tomonidan xatolik tufayli urib tushirilgan Ukraina yoʻlovchi samolyoti qurbonlarini xotirlash marosimiga kelgan.

Eron TIV Britaniya elchisi noqonuniy namoyishdagi nomaʼlum xorijlik sifatida qoʻlga olingani va uning maqomi rasman tasdiqlanganda 15 daqiqadan soʻng ozod qilinganini bildirgan edi.

Teglar:
elchi, Buyuk Britaniya, Eron

Asosiy mavzular