16:02 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)
77610

Toshkentda Rossiya TIV rahbarini Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Toshkentda Rossiya TIV rahbarini Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Tashrif dasturida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universitet) Toshkent shahridagi filialiga borish koʻzda tutilgan.

Boʻlajak muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2020-2021-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturini imzolash ham rejalashtirilmoqda.

Mavzu:
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)

Asosiy mavzular