Putin yadroviy derjavalarni koinotda tinchlikni ta’minlashga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishYejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu
Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT asoschi-mamlakatlari namuna ko‘rsatishlari kerak, insoniyatning saqlanishi va barqaror rivojlanishi uchun beshta lider derjavalar mas’uldir, deydi Putin

TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. BMT asoschi-mamlakatlari koinotda xavfsizlikni ta’minlashlari va global mojarolarning oldini olishlari lozim, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal kengash oldida chiqish qila turib.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Putin prezidentlikka nomzodlar uchun talablarni kuchaytirishni taklif qildi

"BMT asoschi-mamlakatlari namuna ko‘rsatishlari kerak, insoniyatning saqlanishi va barqaror rivojlanishi uchun beshta lider derjavalar mas’uldir. Bu millatlar global urushga asos bo‘ladigan barcha shart-sharoitlarni yo‘q qilib, zamonaviy xalqaro munosabatlarning hozirgi zamonga mos jabhalarini inobatga oladigan barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangilangan yondashuvlarni ishlab chiqish lozim", - dedi u.

Putin shuningdek, o‘z chiqishida Rossiya qurol-aslahalar sohasida hech kimga hech nimani tiqishtirmasligini aytib o‘tgan.

"Mamlakatning mudofaa qobiliyati o‘n yilliklarga oldindan ta’minlangan. Lekin bu yerda ham zavqqa berilish va o‘zni bo‘sh qo‘yish mumkin emas. Oldinga harakat qilish, bu sohada jahonda qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini diqqat bilan kuzatib, tahlil qilish va bo‘lg‘usi avlod dala komplekslari va tizimlarini yaratish kerak", - dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0