Amerikalik siyosatshunos Vladimir Putinni Jorj Vashingtonga qiyosladi

© Sputnik / Mikhail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i premyer-ministr RF D. Medvedev prinyali uchastie v syezde partii "Yedinaya Rossiya"
Prezident RF V. Putin i premyer-ministr RF D. Medvedev prinyali uchastie v syezde partii Yedinaya Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chorshanba kuni Dmitriy Medvedev hukumati iste’foga chiqdi, Putin Davlat dumasiga Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga ko‘rib chiqishi uchun kiritdi.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlik vakolati tugagach, AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington singari ta’tilga ketmaydi, balki davlat rahbari lavozimidan ketgach ham norasmiy tarzda mamlakat yetakchisi bo‘lishda davom etadi, deb hisoblaydi amerikalik siyosatshunos Uilyam Pomerans.

Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqadi - Medvedev

"Oxir natijada Putin yoki rasmiy lavozim orqali yoxud norasmiy tarzda yetakchi bo‘lib qoladi. Men u Jorj Vashington singari, 2024-yilda o‘z turar-joyiga ketadi, deb o‘ylamayman", - dedi RIA Novostiga Rossiya bo‘yicha mutaxassis va Amerika poytaxtida Kennan ekspertlar instituti direktori o‘rinbosari bo‘lgan Pomerans.

Jordj Vashington 1789-1797 yillarda AQSh prezidenti bo‘lgan.

"Ammo bunga hali ancha bor, o‘rtaga voqealar aralashib, Putin strategiyasini o‘zgartirib yuborishi mumkin", - dedi siyosatshunos.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning Xavfsizlik Kengashi maqomini oshirish bo‘yicha taklifi kelajakda Qozog‘iston ssenariysi hukumatni topshirishni nazarda tutadi. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlikdan kegach Xavfsizlik Kengashi rahbari lavozimini saqlab qolgan edi.

Putin Dmitriy Medvedev iste’foga chiqqach bosh vazir lavozimiga nomzodini ko‘rsatgan Mixail Mishustin haqida gapirar ekan, Pomerans bunda 2004-yilda Mixail Fradkov hukumatiga o‘xshashlikka e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, texnokrat-bosh vazir yuzaga kelgan vaziyatda prezident vakolatlarini zimdan oshiradi.

Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston
Simonyanga ko‘ra, Putin kelgusi saylovlargacha o‘z vorisini belgilab beradi

"U (Mishustin) Putinning vorisi, deb o‘ylamayman. Albatta, o‘z vaqtida Putinning o‘zi haqida ham hech kim u prezident bo‘ladi, deb o‘ylamagan. Lekin 1999-yilda qisqa vaqt ichida u o‘zini puxta bilimga ega bosh vazir sifatida ko‘rsata oldi", - dedi Pomerans.

Pomerans so‘zlariga ko‘ra, Putinning vorisi bo‘la olish uchun Mishustinga hokimiyat bazasi va qo‘llab-quvvatlov yetishmaydi.

"O‘ylashimcha, ushbu o‘zgarishlarda bitta g‘olib bor — bu (Davlat dumasi spikeri Vacheslav) Volodin. Hech bo‘lmaganda uning Duma spikeri sifatidagi vakolatlari kuchaytiriladi", - deb qo‘shimcha qildi Pomerans.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning Federal Kengashga yo‘llagan an’anaviy murojaatnomasidagi takliflari "katta konstitutsiyaviy islohot" borayotganini tasdiqladi.

"U tilga olgan gaplarning aksariyati allaqachon Putin tomonidan yoki OAVda muhokama qilingan, shu jumladan, davlat hokimiyatining birlashgan tizimi, hukumat tarmoqlari bo‘linishidagi yangi muvozanat masalasi ham. U ushbu qonunchilik islohotlarini qay tarzda amalga oshirishini tomosha qilish juda qiziq bo‘ladi", - dedi Pomerans.

Chorshanba kuni Dmitriy Medvedev hukumati iste’foga chiqdi, Putin Davlat dumasiga Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga ko‘rib chiqishi uchun kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0