07:07 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)
452 0 0

Kamilov va Lavrov soʻnggi 2 yilda Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari barqaror oʻsib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi. 

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati. 

"Uchrashuvda Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga boʻlajak tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlariga alohida urgʻu berildi. Mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarning yangi tarixidagi muhim voqea boʻlishi kutilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari barqaror oʻsib borayotganini qamrovi kengayayotganini vazirlar mamnuniyat bilan qayd etishdi, deyilgan xabarda. 

Ikki yil ichida iqtisodiy sohaning oʻzida vazirlik va idoralar, hududlar delegatsiyalari, kompaniyalar rahbarlari, ishbilarmon doiralarning 130 dan ortiq tashriflari amalga oshirildi. Ushbu ijobiy dinamikaga avvalo ikki mamlakat liderlari oʻrtasida oʻrnatilgan ishonchli munosabatlar va oʻzaro anglashuv sababli erishildi, deyilgan rasmiy xabarda.

 

Mavzu:
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)

Asosiy mavzular