10:34 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)
53410

Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuv avvalida Mirziyoyev strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish surʼati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Qayd etilishicha, oliy darajadagi muloqot muntazamlik kasb etgani, oʻzaro almashinuvlar misli koʻrilmagan darajada faollashgani, koʻp qirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalar, taʼlim va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda kengayib borayotgani bundan dalolat beradi.

Sergey Lavrov samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Ikki rahbarning mamlakatlar oʻzaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mavzu:
Sergey Lavrovning 2020 yil 15-16 yanvar kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (8)

Asosiy mavzular