15:47 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
72501

Sal oldin AQShning Afgʻoniston boʻyicha vakili Zalmay Xalilzad va toliblarning Doxadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi sakkiz raundda oʻtkazilgan muzokaralardan soʻng tinchlik toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasini tasdiqlashgan edi.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. "Tolibon" radikal harakati vakillari AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodga Afgʻonistonda vaqtinchalik - yetti kundan oʻn kungacha boʻlgan muddatga - oʻt ochishni toʻxtatish rejimini oʻrnatish boʻyicha takliflar aks etgan hujjatlarni taqdim etdilar, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press Tolibon vakillariga tayangan holda.

Hujjat AQSH maxsus vakiliga chorshanba kuni Qatarda topshirilgan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, oʻt ochishni toʻxtatish Afgʻonistonda tinchlik bitimini tuzishga boʻlgan qadam sifatida koʻrib chiqilmoqda. Ammo faqatgina Tolibonning taklifi AQSH bilan tinchlik muzokaralari yangilanishi uchun yetarli boʻladimi, bunisi nomaʼlum.

Sal oldin AQShning Afgʻoniston boʻyicha vakili Zalmay Xalilzad va toliblarning Doxadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi sakkiz raundda oʻtkazilgan muzokaralar boʻyicha tinchlik toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasini tasdiqlagan edilar.

Bu bitim oʻt ochishni toʻxtatish, Afgʻonistondan chet el qoʻshinlarini chiqarish va afgʻonlararo umum tinchlik muzokaralari boshlanishini koʻzda tutgan. Kutilishicha, hukumat va toliblar oʻrtasidagi muzokaralar Osloda oʻtishi kerak. Ammo toliblar tomonidan Qobulda va boshqa shaharlarda amerikalik harbiylar halokatiga ham sabab boʻlgan qator teraktlar amalga oshirilgach, prezident Donald Tramp "Tolibon" bilan muzokaralarni toʻxtatishga va imzolangan bitimlarni rad etishga buyurgan edi.

Asosiy mavzular