Emomali Rahmon Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishEmomali Raxmon pribil v Moskvu
Emomali Raxmon pribil v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti hamda bir rota askar va zobitlari Moskvada 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Emomali Rahmon 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Tojikiston prezidenti apparatiga asosan.  

"Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 9-may kuni buyuk G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan paradda hamda 8-may kuni bo‘lib o‘tadigan MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari, Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan G‘alabaning yubiley paradida Tojikiston Qurolli kuchlarining askar va zobitlaridan iborat rotasi ham ishtirok etadi, deb xabar qildi jurnalistlarga Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Orif Nozimiyon.

"Qizil maydondan o‘tadigan, tojik askar va zobitlarining yig‘ma rotasi tarkibiga quruqlik, mobil, harbiy-havo hamda havo mudofaasi kuchlari vakillari kiritilgan", - dedi kotib. 

Shuningdek, Tojikiston harbiylarining yana bir qo‘shma rotasi 9-may kuni Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0