01:42 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
1259 0 0

Rossiya sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya hukumati isteʼfoga chiqishining ikkita sababini keltirib oʻtdi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedev nima sababdan Rossiya hukumati isteʼfoga chiqqanini tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, ikkita asosiy sabab mavjud.

Medvedevning maʼlum qilishicha, bu, birinchidan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni siyosiy tizim yangilanishi doirasida biror bir boshqa, jumladan, hukumat omillariga qaramasdan qaror qabul qilish va muhokama qilish imkoni bilan taʼminlash zarurati bilan bogʻliq. U Rossiya prezidentining mamlakat parlamentiga qilgan murojaatida siyosiy tizimni yangilashga oid keng koʻlamli vazifalar belgilanganini eslatib oʻtdi.

“˂...˃ Bu ham hukumatga, ham parlamentga, qisman prezidentga, sud tizimiga taalluqli. Bu barcha qarorlarni qabul qilish uchun prezident ularni muhokama qilish va boshqa bir omillarga qaramasdan qabul qilishda mutlaqo ozod boʻlishi lozim. Jumladan hukumat omiliga”, - dedi Medvedev Perviy kanalga bergan intervyusida.

Sobiq bosh vazir ikkinchi sabab sifatida vaqt omilini koʻrsatdi. U hukumat raisi lavozimini qariyb sakkiz yil egallab kelganini eslatdi. Medvedevning soʻzlariga koʻra, bu har holda gʻoyat qiyin masalalarga oid qabul qilish bilan bogʻliq juda uzoq va mashaqqatli ish boʻlgan.

“Buni ham inobatga olish lozim”, - dedi u.

Medvedev sakkiz yil hukumatga rahbarlik qilish Rossiyaning eng yangi tarixida ilk marta boʻlganini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 15 yanvar kuni Rossiya hukumati toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqdi. Isteʼfoga chiqqan Medvedev Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mixail Mishustin esa Rossiya yangi bosh vaziri etib tayinlandi.

Asosiy mavzular