05:31 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)
712 0 0

Palata aʼzolari yashirin ovoz berish yoʻli bilan Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga Tanzila Narbayevani sayladi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Majlis ishtirokchilari Oliy Majlis yuqori palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni taqdim qildi.

Palata aʼzolari yashirin ovoz berish yoʻli bilan Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga Tanzila Narbayevani sayladi.

Senat Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yoʻli bilan Sodiq Safoyev saylandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq Senat Raisining oʻrinbosarlaridan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi. Ushbu normaga asosan Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga  yashirin ovoz berish yoʻli bilan Musa Yerniyazov saylandi.

Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yoʻli bilan Zayniddin Nizamxodjayev ham saylandi.

Majlisda senatorlar tomonidan xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari, byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish, mudofaa va xavfsizlik masalalari, fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari, yoshlar, madaniyat va sport masalalari, agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari, shuningdek Reglament va odob komissiyasi tashkil etildi. 

Har bir qoʻmita va komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolari saylandi. 

Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Bundan tashqari, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisidagi arizasi oʻqib eshittirildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi nihoyasiga yetdi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)

Asosiy mavzular