00:22 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
297550

Abdulla Aripov senator va deputatlar oldida Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalarini sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. Abdulla Aripov parlament palatalarining qoʻshma majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin va oʻrta istiqbolga moʻljallangan Harakat dasturi haqida nutq soʻzladi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

Abdulla Aripov utverjden na post premyer-ministra Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Abdulla Aripov Harakatlar dasturi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oxirgi 3 yilda belgilab berilgan tizimli maqsad va vazifalar ijrosiga muvofiq tayyorlanganligini aytib oʻtdi.

Dastur loyihasida hukumatning davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari eʼtibori ustuvor va tizimli vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirish taʼminlanadi. Prezident topishirigʻiga koʻra, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni mutanosib rivojlantirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqib, yaqin kunlarda tasdiqlash uchun davlat rahbariga taqdim etiladi.

Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiyotni yanada isloh etish, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish choralari koʻriladi. Bunda YAIM oʻsishi 2020 yilda 5,5 foizga kam boʻlmasligi va keyingi 5 yil ichida uning oʻsish suratlarini oʻrtacha 6 foiz atrofida boʻlishi taʼminlanadi.

“Besh yil ichida maqsad - YAIMning hajmini 100 mlrd dollarga yetkazishdan iboratdir. YAIM tarkibida sanoat ulushi hozirda 30 foizdan 2025 yilga borib 33 foizga, xizmatlar koʻrsatish esa mos ravishda 35 foizdan 37 foizga yetkazish yuzasidan zarur choralar koʻriladi. Bunda prezident tomonidan berilgan topshiriqqa muvofiq inflyatsiya suratlarini pasaytirish tendentsiyasiga oʻtkazish eng asosiy vazifamiz boʻladi. Bugun prezident taʼkidlab oʻtganlaridek, eng kamida 5 foizga inflyatsiya darajasini kamaytirish eng ustuvor vazifalardan biri boʻladi”, - deb taʼkidladi Aripov.

Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmlarini keng joriy etish, va uning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqilib, amalga oshiriladi. Jumladan, yuqori likvidli, monopol mahsulotlarni birja savdolarini sotishning yagona tartibi joriy qilinadi. 2021-2022 yillarda savdo korxonalari, logistika markazlarini rivojlantirish strategiyasi hamda qurilish mahsulotlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.

Abdulla Aripov utverjden na post premyer-ministra Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarni jadal rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish keng joriy etish davom ettiriladi. Buning uchun 2020-2025 yillarda sanoatni rivojlantirish kontseptsiyasi, 2020-2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturlari ishlab chiqiladi.

“Yaqin yillarda import oʻrnini bosuvchi, mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlovchi sohalardan biri boʻlmish - elektrotexnika sanoatiga iqtisodiy oʻsishning asosiy yoʻnalishlari sifatida qaraymiz. Joriy yilda 2020-2030 yillarda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi. Sohada 2030 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 5 baravarga oshirib, hajmni 4 mlrd dollarga yetkazish koʻzda tutilyapti. Eksport hajmini 6 baravarga oshishi va mazkur sohada ishlovchilar sonini sal kam 200 ming kishiga yetkazish choralari koʻriladi”, - dedi Aripov.  

2030 yilga borib elektrotexnika mahsulot, maishiy texnika mahsulotlari boʻlgan talabni 80-90 foizga faqat ichki ishlab chiqarish mahsulotlari yetkazib berish orqali taʼminlanadi.

“Yoqilgʻi-energetika sohasida muammolarimiz toʻgʻrisida prezidentimiz batafsil gapirdilar, bu sohada yaqin yillarda umumiy qiymati 7 milliard 600 million dollar investitsiya loyihalarni 2025 yilga qadar amalga oshiriladi”, - dedi Aripov.

Buning natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini 1,4 baravarga, tabiiy gaz ishlab chiqarish 1,2 baravarga, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni 2,1 baravarga oshirish taʼminlanadi.

Tabiiy gazni mamlakatda chuqur qayta ishlab qoʻshimcha qiymatli bozorbop mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari kengaytiriladi. Elektr energiya ishlab chiqishda esa muqobil energiya manbalardan keng foydalanishga oʻtiladi.

Prezident topshirigʻiga koʻra, energiya sarfini kamaytirish maqsadida joriy yil oxirigicha isteʼmolchilarga elektr energiya va tabiiy gazni hisobga olish boʻyicha elektron hisoblagichlarni toʻliq oʻrnatilishi va bu orqali noreal qoʻshimcha toʻlovlarni bartaraf etilishi taʼminlanadi.

Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi boʻyicha qiymati 12 mlrd dollarlik 31 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilib, 50 ta yangi turdagi polimer va boshqa bozorbop mahsulotlar oʻzlashtiriladi.

Respublikada mavjud 21 ta erkin iqtisodiy va 156 ta kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirishning zarur choralari koʻriladi. Bunda aholi zich joylashgan va tadbirkorlik rivojlangan hududlarda boʻsh boʻlgan binolar yerlar, yangi kichik sanoat zonalari tashkil etish orqali ular soni kamida 2 baravar oshirish choralari koʻriladi.

Bozor tamoyillariga asoslangan korporativ boshqaruvning zamonaviy printsiplari va usullarini joriy etish davom ettiriladi. Bularni izchil amalga oshirish uchun 2020-2023 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, boshqarish va isloh qilish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini muntazam yaxshilab borish, xufiyona iqtisodiyot ulushini qisqartirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini maqbullashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Koʻriladigan choralar natijasida kichik biznesning YAIMdagi ulushi 2020 yil yakunida 62 foizdan oshirishga erishiladi.

Soliq sohasida islohotlarni amalga oshirish hisobiga joriy yilda norasmiy ish oʻrinlarning besh mingtasi legallashtirishga erishiladi. Jahon bankining biznesni yuritish indeksida Oʻzbekistonni hozirgi 69 oʻrindan 2030 yilda 20-chi oʻringa koʻtarish yuzasidan barcha zarur choralar koʻriladi.

“Tadbirkorlar, jumladan, chet ellik investorlar murojaatlar bilan ishlash, ular bilan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish maqsadida prezident tashabbuslari bilan hududlarda ochilgan bosh vazirning qabulxonalarida tadbirkor bilan muloqot qilish, ularning muammolarini hal etish bilan kundalik shugʻullanish ishlari davom ettiriladi”, - deb taʼkidladi Aripov.

Urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish va davlat uy joy siyosatini amalga oshirish taʼminlanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish kontseptsiyasi asosida amalga oshiriladi.

Prezident koʻrsatmalariga koʻra, kam taʼminlangan va uy joy sharoitlarini yaxshilashga muxtoj oilalarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal yoki foizlarning bir qismini qoplash uchun davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar ajratish tizimi amalga oshiriladi.

“Endilikda uy joylar qurilishida yangi turdagi energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng foydalangan holda koʻp qavatli qishloq massivlarda 5-7 qavatli, shaharlarda esa 12-16-18 qavatli  hamda 30-qavatgacha boʻlgan uylar quriladi”, - deb alohida taʼkidlab oʻtdi Aripov.  

Byudjet, moliya va pul-kredit siyosati sohasidagi islohotlarni izchil davom ettiriladi. Byujdet, moliya, pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish takomillashtiriladi. Davlat qarzini xalqaro standartlar asosida boshqarish, uni makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish va davlat kafolatini berish mexanizmi takomillashtirish maqsadida davlat qarzi toʻgʻrisida qonun loyihasi ishlab chiqilib parlamentga kiritiladi.

Soliq, byudjet siyosatiga nisbatan strategik yondoshuv tatbiq etish maqsadida byudjetni shakllantirishning yangi natijaga yoʻnaltirilgan tizimini joriy etish, byudjet maʼlumotlarini ochiqligi, hamda byudjet jarayoni ustidan parlament vakillari va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni inobatga olgan holda 2020-2024 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.

Bu borada har yili kelgusi yillar uchun Oʻzbekistonning davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun ishlab chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Bunda xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlab qolinadi. Mahalliy byudjetlarining mustaqilligi  hamda mahalliy hokimliklarni masʼuliyati yanada oshiriladi.  

Eslatib oʻtamiz, qoʻshma majlisda qatnashayotgan 150 nafar deputatdan 148 nafari, 97 senatordan 94 nafari Abdulla Aripov nomzodini yoqlab ovoz berdi.

Asosiy mavzular