Shavkat Mirziyoyevning yillik murojaatnomasi jonli efirda namoyish etiladi

© Press-slujba prezidenta RUzVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
24 yanvarda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llaydi. Aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida murojaatnoma surdo hamda rus va ingliz tilidagi tarjima bilan namoyish etiladi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi 24-yanvar, juma kuni davlat va nodavlat telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Murojaatnoma MTRKning 4 ta teleradiokanali (“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”), 5 ta telekanali (“Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Dunyo bo‘ylab”, “Oilaviy”, “Toshkent”) hamda 12 ta hududiy teleradiokompaniya orqali efirga uzatiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev perechislil osnovnie zadachi, stoyashie pered vnov utverjdayemim pravitelstvom.  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: aholi daromadini 2 baravar oshirish yangi hukumat oldidagi muhim vazifa bo‘ladi

Ushbu muhim jarayonni, shuningdek, 5 ta nodavlat telekanal (“MY5”, “Sevimli”, “UzReport”, “MilliyTV” va “Zo᾽rTV”, prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, internetdagi tegishli saytlar orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.

Aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida murojaatnoma surdo hamda rus va ingliz tilidagi tarjima bilan namoyish etiladi.

Murojaatnoma efirga uzatilishi vaqtiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Bu Shavkat Mirziyoyevning parlamentga yo‘llagan uchinchi murojaatnomasi bo‘ladi. Murojaatnomada prezident o‘tgan yilni sarhisob qiladi va asosiy maqsadlar va O‘zbekistonning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Qolaversa, u yil nomini e’lon qiladi.

Avvalroq Senat raisi Tanzila Narbayeva 2020-yil yoshlarni rivojlantirish, yoshlarga yanada ko‘proq sharoit yaratib berish yili bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0