Siyosiy partiyalar prezident murojaatnomasidan nimani kutmoqda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami Oliy Majlisa
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston siyosiy partiya yetakchilari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomadan nimalarni kutishmoqda.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston siyosiy partiya yetakchilari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomadan nimalarni kutishmoqda, shu haqda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Dlya gostey vip-urovnya: v Tashkent City otkrilis gostinitsa i kongress-xoll - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi Tashkent Citydagi Kongress xollda bo‘lib o‘tadi

O‘zLiDep yetakchisi Aktam Xaitov: “O‘tgan hafta muhim siyosiy hafta bo‘ldi. Prezident aytdilarki, biz xalq va vatan taqdirini har bir daqiqada his qilib yashashimiz kerak dedilar, bunda katta ma’no bor. Prezidentimiz katta yo‘nalishlarni belgilab berdilar. Har bitta qiladigan ishimiz odamlarni og‘irini yengil qilishga qaratiladi. Xalqimizni hayoti sifatini ko‘tarishga qaratiladi. YaIM ko‘rsatkichini ko‘taramiz. Murojaatda ko‘plab yangiliklar bo‘ladi, bu murojaatda biznes muhitni yaxshilanishini, eksport yaxshilanishi kutapmiz. Davlat ulushini iqtisodiyotda kamayishini kutayapmiz.

O‘zXDP rahbari Ulug‘bek Inoyatov: uch yilga yakun va bo‘ladigan besh yilga konseptual dasturialamal bo‘ladigan tashabbus bilan chiqadilar deb o‘ylayman. Partiyalarni roli haqida gapiradilar deb o‘ylayman. Kelgusi marralar haqida aniq aniq masalalarni kutayapmiz

Ekologik partiya rahbari Boriy Alixanov: biz hozir tarixiy voqelik arafasida turibmiz. hayajon bilan entikib kutapmiz murojaatnomani. Muhtaram yurtboshimiz o‘z chiqishlarida tabiatga bo‘lgan ehtirom haqida Boburnoma misolida aytib o‘tib ketdilar. Sharq renessansini oladigan bo‘lsak, rivojlanish Sharqdan boshlanadi degan ibora bor.

"Milliy tiklanish" rahbari Alisher Qodirov: bizni oldimizda milliy uyg‘onish va yuksalish davri turibdi. Haqiqiy muammolarimizni ochiq gaplashsak o‘zgarishlar bo‘ladi.

"Adolat" partiyasi rahbari Narimon Umarov: murojaatdan nima kutayapti? har yilgi murojaatni alohida siyosiy voqelik deb kutamiz. Xalq ham katta ishonch bilan kutadi. Har sohada o‘zgarishlar bo‘ladi shu murojaatdan keyin degan umid bo‘ladi. Aholimizni manfaatlarini ta’minlash ekan islohotlardan maqsad ushbu qadamlar juda zarur. Bu katta jarayon. Sud huquq masalalarida islohotlar bo‘lishini korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash belgilanishini kutayapmiz.

Saylov natijalari - Sputnik O‘zbekiston
Saylov natijalari: muhim o‘zgarishlar va takroriy ovoz berish

Eslatib o‘tamiz, respublikada o‘tkazilgan saylovlar yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar O‘zLiDeP — 53 nafar (35 foiz); "Milliy tiklanish" — 36 nafar (24 foiz); "Adolat" SDP — 24 nafar (16 foiz); O‘zXDP — 22 nafar (15 foiz); Ekopartiya — 15 nafar (10 foiz) deputatlik o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi ilk marotaba an’anaga ko‘ra yil yakunida emas, balki yil boshida o‘tkazilmoqda. Tadbir o‘tkazilish joyi etib an’anaviy O‘zbekiston Forumlar majmuasi emas, balki 2019-yilda qurib bitkazilgan va poytaxt ko‘rkiga aylanishga ulgurgan Tashkent Citydagi Kongress xoll tanlangan. Murojaatnomani yuzdan ziyod jurnalistlar yoritib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0