05:31 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
669 0 0

AQSH Davlat kotibi boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston prezidenti tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi

TOSHKENT, 25 yanv - Sputnik. Mayk Pompeo 2-3 fevral kunlari Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

"2020-yilning 2-3-fevral kunlari AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻladi. AQSH davlat departamenti delegatsiyasi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston TIVda ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2018-yil may oyida Vashington shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Oʻzbekiston-AQSH sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar bajarilishining borishini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashadilar.

AQSH Davlat kotibi Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo - AQSH" ("C5+1") shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Asosiy mavzular