00:12 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
160103

Virus hozirda Xitoy chegarasidan tashqarida ham tarqalgan, zaharlanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH va Tailandda qayd etilgan. Singapur, Gongkong va Avstraliyada ushbu virusga chalinganlik gumoni bilan bemorlar kuzatuvga olingan

TOSHKENT, 25 yanv - Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Xitoyda qayd etilgan yangi koronavirus paydo boʻlishini AQSH fitnasi bilan bogʻladi. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

‪"Barcha mintaqalarda (koronavirus, – tahr.) tarqalmoqda, barchasida. Bu chindan ham grippning yangi turimi yoki fitna? Masalan, AQSH fitnasi. Iqtisod. Amerikaliklar ular Xitoydan oʻzib keta olmaslikdan yoki ularga teng kela olmaslikdan qoʻrqishadi", - dedi Jirinovskiy Tatyana kuni munosabati bilan Jahon tsivilizatsiyalari institutida talabalar va oʻqituvchilar bilan uchrashuvda.

Uning aytishicha, bu amerika tomonidan amalga oshirilayotgan birinchi fitna emas, bir oy davomida hammasi tinchiydi.

"Bu fitna edi. Dorilar sotildi, kimdir milliarderga aylandi. Ular asosan Shveytsariyada istiqomat qilishadi", – deb xotima qildi Jirinovskiy.

Oʻtgan yilning oxirida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi Uxan shahrida nomaʼlum kasallik tarqalayotgani haqida xabar berishgan edi. Kasallik keyinchalik koronavirusning yangi turi ekanligi maʼlum boʻldi. Ushbu dardga chalingan bemorlarda temperatura koʻtarilishi, yoʻtal va nafas yetishmovchiligi kuzatiladi.

Virus hozirda Xitoy chegarasidan tashqarida ham tarqalgan, zaharlanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH va Tailandda qayd etilgan. Singapur, Gongkong va Avstraliyada ushbu virusga chalinganlik gumoni bilan bemorlar kuzatuvga olingan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda koronavirus oqibatida halok boʻlganlar soni 41 nafarga yetgan, 1300 ta shu virusni yuqtirganlik holatlari oʻz tasdigʻini topgan.

Asosiy mavzular