01:37 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
435 0 0

Senat raisining birinchi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, bu hujjat faqatgina keyingi yil uchun moʻljallangan emas. Bu keyingi 10 yillik uchun moʻljallangan va Oʻzbekiston muhtasham 10 yillik davriga kirdi.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Xalqaro press-klubning Oʻzbekiston prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatiga bagʻishlangan sessiyasida soʻzga chiqqan Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev mazkur hujjat orqasida chuqur tahliliy oʻrganish yotishini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

“Bu murojaatnomaning orqasida chuqur tahliliy oʻrganish yotadi. Mazkur hujjatni bir marta oʻqib chiqish yoki bir marta eshitish kifoya qilmaydi. Har birimiz, parlament aʼzolari, hukumat aʼzolari, ilm-fan namoyandalari, butun jamiyatimiz uni  qoʻlga olib qayta-qayta oʻqib chiqishi kerak", - dedi Safoyev.

Uning soʻzlariga koʻra, bu hujjat faqatgina keyingi yil uchun moʻljallangan emas. Bu keyingi 10 yillik uchun moʻljallangan.

“Men uchun shunday xulosa – Oʻzbekiston muhtasham 10 yillik davriga kirdi. Bu biz uchun hayot-mamot masalasi boʻladi. Yaʼni shu 10 yil davomida qilinadigan ishlar tariximizda eng muhim davr boʻladi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi”, - dedi u.

Asosiy mavzular