Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyadagi konferensiyada ishtirok etadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 27-30-yanvar kunlari Germaniyada amaliy tashrif bilan bo‘ladi.

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2010-yil 27-30-yanvar kunlari Germaniyada amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Posadki saksaula na dne Aralskogo mora - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya O‘zbekistonga Orol fojiasini bartaraf etishda yordam bermoqchi

Qayd etilishicha, delegatsiya Berlin shahrida “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi taqdimoti bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Forumda tomonlar iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.

Xabarda O‘zbekiston tomoni Germaniyaga safar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0