21:05 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Siyosat
Havola olish
734 0 0

U shuningdek, "bu yangi tashabbusligini, prezident Putin bu borada hech qanday fikrda emasligini" qoʻshimcha qildi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiya Konstitutsiyasida "prezident" atamasini "oliy hukmdor"ga aylantirish tashabbusi yangi, bosh qonunga kiritiladigan tuzatish ishlari davomida koʻplab gʻoyalar kelib tushmoqda, ayrimlari qabul qilinadi, qaysinisidir tushirib qoldiriladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Ushbu ish (Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlar - tahr.) davomida boʻladigan munozaralarda koʻplab takliflar tushmoqda, munozara maqsadi ham shunda - fikrlarni jamlash. Davlat rahbari oʻz tashabbusini ilgari surdi va endilikda kommisiyaga mutlaqo erkin rejimda qoʻshimcha xarakteriga ega boʻlgan fikrlar kelib tushmoqda, keyinchalik, muhokama natijasida allaqanday (takliflar - tahr.) tushib qoladi, qaysinisidir qabul qilinadi, qaysinisidir yoʻq, shu bilan komissiya ishining asl yakuni shakllanadi. Hozircha hammasi munozara rejimida bormoqda", — dedi Peskov, jurnalistlar tomonidan berilgan, Kremlda Rossiya Konstitutsiyasidagi "prezident" atamasini "oliy hukmdor" atamasiga aylantirish taklifi borasida qanday fikrda, degan savolga javob berar ekan.

U shuningdek, "bu yangi tashabbusligini, prezident Putin bu borada hech qanday fikrda emasligini" qoʻshimcha qildi.

"Kelib tushayotgan takliflar xilma-xil. Bizning Konstitutsiyamizda "Rossiya prezidenti" deb yozilgan", - deya taʼkidladi Peskov.

Asosiy mavzular