Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal gosudarstvennogo sekretarya SShA Maykla Pompeo.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal gosudarstvennogo sekretarya SShA Maykla Pompeo. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maykl Pompeo O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlikka erishish, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga doir aniq infratuzilma loyihalarini ilgari surishga qaratilgan faol sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Maykl Richard Pompeoni qabul qildi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda barqaror, tizimli tus olgan va o‘zaro ishonchga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Maykl Pompeo vstretilsya s rukovoditelyami MID stran SA - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Maykl Pompeo ishtirokida C5+1  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi - video

Ma’lum qilinishicha, keyingi bir necha yil davomida tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar ko‘paygan. AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Amerika investitsiyalarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.  

AQSh davlat kotibi, o‘z navbatida, ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun prezidentga  dildan minnatdorlik bildirdi hamda prezident Donald Trampning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

AQSh tomoni O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Maykl Pompeo O‘zbekiston prezidenti tomonidan mamlakatda olib borilayotgan demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarning natijadorligini yuksak baholagan.

Uchrashuvda mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Yangi O‘zbekiston rahbarining siyosati tufayli mintaqada ishonch, sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini shakllantirishda katta natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

Iqtisodiyot sohasida AQSh yetakchi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.

Maykl Pompeo bugungi kunda mamlakatda savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini bir necha o‘n karra oshirish imkonini beradigan biznes tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, AQSh mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini jadallashtirishga har tomonlama ko‘maklashishi ta’kidlandi.

Vstrecha Abdulaziza Kamilova i Maykla Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston - AQSh" hamkorligi rivojlanish cho‘qqisida – Kamilov

Inson salohiyatini rivojlantirish, jumladan, fuqarolik jamiyati rivojini qo‘llab-quvvatlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatish, shuningdek, ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Maykl Pompeo O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlikka erishish, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga doir aniq infratuzilma loyihalarini ilgari surishga qaratilgan faol sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga ikki tomonning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0