Xitoy elchixonasi Pompeoning so‘zlariga javoban keskin bayonot e’lon qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVizit gossekretarya SShA M. Pompeo v Minsk
Vizit gossekretarya SShA M. Pompeo v Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pompeo dunyodagi muammolar tashabbuskori ekanligini amalda yana bir karra isbotladi, deya bayonot qildi Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifidan so‘ng Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z rasmiy saytida keskin bayonot e’lon qildi.

Vizit gossekretarya SShA M. Pompeo v Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo Shinjondagi etnik qozoqlarning og‘ir ahvoli haqida bayonot berdi

"Xitoyga tuhmat qilish va Xitoy hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida munosabatlarni darz ketkazishga urinish mag‘lubiyatga ro‘baro bo‘ladi", -deyilgan bayonot kirish qismida.

Elchixona 3-fevral kuni o‘tkazilgan brifingda Maykl Pompeo omma oldida o‘zbekistonlik hamkasbi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan Xitoy ichki ishlarini muhokama qilish niyatida ekanligini aytganini keltirib o‘tgan.

"Uning yolg‘onni qalashtirib, har qanday holatdan Xitoyni qoralash maqsadida foydalanishi bizni taajjubga solmaydi. Bu mavzu muhokama qilingan yoki muhokama qilinmaganidan qat’i nazar, aminmizki, barcha tomonlar bizning Pompeoning harakatlari va shantajiga nisbatan bo‘lgan jirkanishimizga qo‘shiladi.

Pompeo MDH davlatlariga qanday va’dalarni berdi - Sputnik O‘zbekiston
Minskdan Toshkentgacha: Pompeo MDH davlatlarida nima haqda gapirdi va qanday va’dalar berdi

Pompeoning Yevroosiyo mamlakatlariga uyushtirgan ushbu turnesi badniyat ig‘volarga va tuhmatga asoslangan va uning Xitoyga bo‘lgan shaxsiy adovati va soxta fikrlarini to‘liq fosh qildi.

Pompeo amalda dunyodagi muammolarning tashabbuskori ekanligini yana bir bor isbotladi.

Ming marta aytilsa hamki, yolg‘on hech qachon haqiqatga aylanmaydi. Xitoyga tuhmat qilishga, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga putur yetkazishga bo‘lgan har qanday urinish mag‘lubiyatga ro‘baro bo‘ladi, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi. 2020-yil 3-fevral", - deyiladi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0