09:05 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
1167 0 0

Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Aleksandr Pankin oʻzbekistonlik hamkorlar respublikaning YEOIIga qoʻshilishi qator rad qilib boʻlmaydigan ijobiy tomonlarga ega boʻlishi mumkinligini tasdiqlashayotganliklarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Toshkentda YEOIIga qoʻshilishning ijobiy tomonlarini koʻrishmoqda, biroq ittifoqqa kirish uchun Oʻzbekistondan yoki boshqa davlatlardan hozircha rasmiy ariza kelib tushmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Pankin RIA Novostiga bergan intervyuda maʼlum qildi.

Diplomat Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oxirida mamlakat parlamentidagi chiqishida uning mamlakati YEOIIda kuzatuvchi maqomini olishga tayyorligini maʼlum qilganini eslatib oʻtdi.

“Ushbu qadam Toshkent tomonidan ittifoqda toʻliq aʼzo boʻlish yoʻlida, bunga tayyor boʻlganda, birinchi boʻlishidan kelib chiqamiz”, - dedi Pankin.

“Biz bilan aloqada oʻzbekistonlik hamkorlar Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi bir qator rad qilib boʻlmaydigan ijobiy tomonlarga ega boʻlishi mumkinligini tasdiqlashmoqda: yagona tovar bozori, ishchi kuchi, xizmat va kapital hamda bu birlashmaning texnologik, tranzit-transport va investitsiyaviy salohiyatidan foylalanish. Ehtimol, hamkorlar ehtimoliy xarajatlarni ham hisoblashmoqda”, - deya taʼkidladi vazir oʻrinbosari.

YEOIIda yangi ehtimoliy ishtiroklar paydo boʻlishga izoh berayotib, u aʼzolikka hech kimdan rasmiy ariza kelib tushmaganini aytdi.

“Bu, ehtimol, ittifoq bilan yaqinlashishga qiziqish yoʻq degani emas, oʻylashimcha, u bor, ayniqsa ittifoq aʼzolari bilan geografik jihatdan yaqin va keng savdo-iqtisodiy aloqalarga ega boʻlganlarda. Shu bilan birga YEOIIga aʼzo mamlakatlar turli formatlarda barcha manfaatdor hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikka tayyorliklarini bir necha bor tasdiqlashgan edi”, - dedi Pankin.

Shuningdek, u  YEOII erkin savdo bitimlari (Vyetnam, Singapur, Serbiya, Eron) yoki savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar tuzgan mamlakatlar (Xitoy) doirasi doimo kengayib borayotganini taʼkidladi.

YEOII – 2015 yildan buyon amal qilib kelayotgan integratsion iqtisodiy birlashma. Unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzodir.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)

Asosiy mavzular