Bosh prokurorga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan Abduhalim Xolmahmatov va Shuhrat Uzakov O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 10-fevraldagi farmoniga asosan Abduhalim Xolmahmatov O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, farmon bilan  Shuhrat Uzakov bosh prokurorining o‘rinbosari – O‘zbekiston Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Uzakov tayinlovga qadar prezidentning Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0