Aprel oyida “normand to‘rtligi” sammiti o‘tkazilishi shubha ostida – Rossiya TIV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko Kiyev bayonotlari va uning “Parij paketi” kelishuvlarining bajarish darajasi aprel oyida “normand to‘rtligi”ning yangi uchrashuvi bo‘lishini katta shubha ostiga qo‘yishi mumkinligi aytdi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Kiyev bayonotlari va u tomonidan Ukraina inqirozini tartibga solishga oid “Parij paketi” kelishuvlarining bajarilishi darajasi aprel oyida “normand to‘rtligi”ning yangi uchrashuvi bo‘lishini katta shubha ostiga qo‘yadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rudenko o‘tgan yilning dekabr oyida Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “normand to‘rtligi” rahbarlari keyingi sammitni aprel oyida Berlinda o‘tkazishni belgilashganini eslatib o‘tdi. Shu bilan Kiyev, Donesk va Lugansk quyidagi majburiyatlarni zimmalariga olishgan:

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
"Normand" sammiti bo‘lib o‘tdi. Zelenskiy endi nima qiladi?

- yaqinlashish liniyalarining uchta yangi qismidan o‘z kuchlarini olib chiqish;

- yangi nazorat punktlarini ochishi;

-  minalardan tozalashni davom ettirish;

- ushlab turilgan shaxslar bilan almashish;

- Ukraina qonunchiligida “Shtaynmayer formulasi”ni biriktirish.

- Donbassning maxsus mavqeyini barcha huquqiy tomonlarini doimiy ravishda amal qilishini ta’minlashni muvofiqlashtirish.

“Hozircha ushbu ro‘yxatdan faqat ushlab turilganlra bilan almashish amalga oshirildi. Qolganlari bajarilmadi. Aloqa guruhidagi ukrainaliklarning xatti-harakatlari va Kiyevdan yangrayotgan bayonotlar bu ishlar aprelgacha amalga oshishiga shubha tug‘dirmoqda. “Parij paketi”ni amalga oshirishda real taraqqiyot bo‘lmasdan, birinchi navbatda uning siyosiy jihatlarining, “normand to‘rtligi”ning yangi sammitining aniq sanalari haqida gapirishning hojati yo‘q," - dedi Rudenko.

2019 yil 9-dekabrda Parijda bo‘lib o‘tgan uch yil ichida birinchi “normand to‘rtligi” davlatlarining birinchi sammitida tomonlar qo‘shma kommunike qabul qildilar va to‘rt oydan keyin Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish uchun Berlinda uchrashishga kelishdilar.

Yangiliklar lentasi
0