10:08 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Siyosat
Havola olish
92610

Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali soʻzlashdilar. Muloqot chogʻida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Suhbatda davlat rahbarlari koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot chogʻida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektororlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raisligi yilida Oʻzbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari koʻrib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Asosiy mavzular