10:33 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Siyosat
Havola olish
167720

Yevropaning janubiy-sharqidagi kichkina davlat NATOni kuchaytiradimi va uning qurolli kuchlari oʻzida nimani namoyon qiladi ?

TOSHKENT, 14 fev - Sputnik, Andrey Kots. Chernogoriya ortidan, yaqin orada yana bir Bolqon davlati NATOga qoʻshiladi - Shimoliy Makedoniya parlamenti alyansga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni tasdiqladi. Xozirda dunyoning eng yirik harbiy blokida 29 ishtirokchi bor, RIA Novosti xabariga asosan.

Pul yetmayapti

The Military Balance 2019 yillik nashriga koʻra, Shimoliy Makedoniyada sakkiz ming askar bor. Armiya 1992 yilda Yugoslaviyaning qulashidan keyin tuzilgan. Oʻsha payt u yaxshi jihozlanmagan va kam anjom bilan taʼminlangan armiya edi, tarkibida faqat toʻrtta buzuq T-34 tanklari va eski qurollari boʻlgan. Biroq, hukumat darhol NATOga kirish yoʻlini tanladi. Shimoliy Makedoniya armiyasi 1999 yilda Serbiyani bombalashda ittifoqqa koʻmaklashgan. Oʻsha yili mamlakat NATOga aʼzo boʻlish Rejasiga qoʻshildi va qurolli kuchlarni isloh qilishga kirishdi.

Makedoniyaliklar koʻpgina harbiy operatsiyalarda AQSH va NATOning muntazam ittifoqchilari boʻlishgan. 2002 yil avgust oyidan boshlab respublikaning 240 dan ortiq harbiy xizmatchilari xalqaro koalitsiya kuchlari tarkibida Afgʻonistondagi urushda qatnashdilar. 2003 yil iyunidan 2008 yil dekabrigacha Iroqdagi amerikaliklarga kichik kontingent yordam berdi. Qurolli kuchlarni isloh qilishda 2006 yil asosiy boʻldi, bunda Makedoniya umumiy harbiy majburiyatni butunlay bekor qildi va professional kontraktli armiyaga oʻtdi.

The Military Balance 2019 maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Shimoliy Makedoniya harbiy ehtiyojlar uchun atigi 108 million dollardan koʻproq mablagʻ sarflagan. Byulleten mualliflari taʼkidlashicha: mamlakatning xalqaro harbiy operatsiyalarda ishtiroki uning logistik imkoniyatlarini oshirgan boʻlsa-da, eski sovet modellari ustunlik qilayotgan harbiy texnika parkining ahvoli jiddiy muammo boʻlib qolmoqda. Va ularni NATO standartlariga moslashtirish hali ham muammoligicha qolmoqda.

Shimoliy Makedoniya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, shuningdek uzoq masofaga moʻljallangan tanklarga qarshi tizimlarga ega emas. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mamlakat zamonaviy qurollarni mustaqil ravishda ishlab chiqarishga qodir emas va ularni chet elda sotib olish uchun pul yoʻq.

Kamtar kuchlar

Shimoliy Makedoniyaning quruqlikdagi kuchlari tezkor reaktsiya kuchlari, qoʻllab-quvvatlovchi kuchlar va strategik zaxiradan iborat. Birinchisiga ikkita piyoda brigadasi va bronetank batalon kiradi. Qoʻllab-quvvatlash kuchlari tarkibida artilleriya polk, havo hujumidan mudofaa bataloni, RXBZ rotasi, aloqa va logistika bataloni, muhandislik bataloni, razvedka rotalari va harbiy politsiya mavjud. Strategik rezervda ikkita piyoda brigadasi mavjud.

Tank bataloniga 90-yillarda Bolgariya va Ukrainada sotib olingan 30 ta T-72A tanklari kiradi. Piyodalar brigadalarida – 11ta BMP-2 piyoda jangovar mashinalari, oʻnta MT-LB zirhli tortkichlari, oʻnta BRDM-2 patrul mashinalari, 70 ga yaqin BTR-70 va BTR-80 bronetransportyorlari, shuningdek toʻqqizta Gretsiya  Leonidas-lari, 28 ta amerika M113s va 84 ta TM-179 Hermelin nemis zirhli mashinalari. Bundan tashqari, quruqlikdagi kuchlarda 80 ga yaqin Hammer bor. 2028 yilga kelib Shimoliy Makedoniya sovet texnikalaridan bir qisminidan xalos boʻlishni va AQShda 56 ta zamonaviy Stryker bronetransportyorlarini va 96 JLTV zirhli mashinalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Qurolli kuchlarning artilleriyasi asosan 12 dona 122 mmlik Grad zalpli reaktiv zarba uskunasi va 12 ta yugoslav 128 mm RSZO M-63 Plamen. Stvolli tizimlar Ulugʻ Vatan urushi yillarida ishlatilgan 14 ta amerikal 105 mmli M-56 va 56 ta sovet M-30 dan iborat. Bundan tashqari, 39 ta 120 mmli Sovet va Yugoslaviya minomyotlari mavjud. Koʻproq ahamiyatga ega boʻlgan tankga qarshi qurollar - faqat bir nechta frantsuz tanklarga qarshi "Milan" PTRK tizimlari.

Harbiy-havo kuchlarida faqat oltita samolyot bor: bitta Sovet An-2 va beshta Chexoslovakiyaning Z-242 oʻquv-mashq samolyotlari. Armiya aviatsiyasi ham jiddiyroq qurollangan: oltita Mi-24V zarba va toʻrtta Ukraina tomonidan taqdim qilingan va Isroilning Elbit kompaniyasi tomonidan takomillashtirilgan Mi-17 harbiy vertolyotlari, shuningdek, ikkita Amerikaning koʻp maqsadli UH-1H Iroquois vertolyoti. Havoga qarshi mudofaada - Sovet qisqa masofaga moʻljallangan "Strela-10" zenit-raketa komplekslari, bir nechta PZRK "Igla-1" va 36 ta shved 40 mmli Bofors tez otuvchi zenit uskunalari.

Sohil xavfsizlik kuchlari - harbiy katerlarning kichik boʻlinmalari - Prespenskiy va Ohrid koʻllarining suvlarida patrullik qilmoqda.

Sharqiy yoʻnalish

Amerikaliklar Skopyening NATOga aʼzo boʻlish istaklarini toʻliq qoʻllab-quvvatlamoqda, bu shunchaki vaqt masalasi ekanligini anglatadi. AQShning Alyansdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison Shimoliy Makedoniya harbiy blokga yozgacha qoʻshilishini bildirdi.

Bunga qarshi, noyabr oyida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining 4-Yevropa departamenti direktori Yuriy Pilipson eʼtiroz bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, NATOning kengayishi Yevropadagi ishonch va barqarorlikni buzadi va qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Diplomat yangi mamlakatlarning anti-Rossiya siyosati va alyansni harbiy rejalashtirishga jalb qilinishi qitʼa xavfsizligiga hissa qoʻshmasligini taʼkidladi.

Albatta, bu yerda gap Shimoliy Makedoniya Qurolli kuchlarining imkoniyatlariga ham bogʻliq emas. Kichik va zaif qurollangan armiya shundoq xam kuchli Shimoliy Atlantika Ittifoqini kuchaytirishi mumkin emas. Harbiy ekspertlar amerikaliklarga Makedoniya askarlari va tanklariga emas, balki ushbu mamlakat hududidan sharqiy yoʻnalishda operatsiyalar oʻtkazish uchun kerak, deb ishonishadi.

"Amerika Qoʻshma Shtatlari Shimoliy Makedoniyani platsdarm sifatida ishlatishni rejalashtirmoqda", deb tushuntirdi RIA Novosti geosiyosiy muammolar akademiyasining birinchi vitse-prezidenti Konstantin Sivkov: "U yerda Rossiyaga juda chuqur ichkaridagi nishonlarni urishga qodir oʻrtadagi raketalarni joylashtirish mumkin, havo bazalari va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish mumkin. Makedoniya aholisi esa amerikaliklar uchun oddiy yemdir."

Asosiy mavzular