09:03 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Siyosat
Havola olish
112010

AQSH va "Tolibon" radikal harakati Afgʻonistonda yetti kun davomida zoʻravonlikni kamaytirish kelishuvi boʻyicha oldinga siljishga muvaffaq boʻldi, deb xabar qildi payshanba kuni Pentagon rahbari Mark Esper.

TOSHKENT, 14 fev - Sputnik. AQSH yaqin istiqbolda Afgʻonistonni tark etadi, deb hisoblaydi armiya generali, Rossiya kengashining xalqaro masalalar boʻyicha vitse-prezidenti, Rossiyaning Hindistondagi sobiq elchisi Vyacheslav Trubnikov.

AQSH va "Tolibon" radikal harakati Afgʻonistonda yetti kun davomida zoʻravonlikni kamaytirish kelishuvi boʻyicha oldinga siljishga muvaffaq boʻldilar, deb xabar qildi payshanba kuni Pentagon rahbari Mark Esper.

Sal keyin AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo AQSH va "Tolibon" soʻnggi bir necha kun davomidagi muzokaralarda "ancha muhim siljishlarga" erishganini aytdi. Pompeoga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp muzokaralarni davom ettirishni buyurgan, shu bilan birga Vashington barcha afgʻonliklar ishtirokida muzokaralarga kirishish uchun zoʻravonlik sezilarli kamayishini kutmoqda.

Trubnikov RIA Novosti nashriga bergan intervyusida ushbu muzokaralarga izoh berar ekan: "bu jarayonning navbatdagi fazasi ekanligini" aytdi. 

"Ammo ish shunga bormoqdaki, nazarimda, amerikaliklar yaqin istiqbolda u yerni tark etadilar. Chunki ular ancha jiddiy yoʻqotishlarni boshdan kechirishmoqda, bu ular to u yerni tark etmagunlariga qadar davom etadi. Ular bir-ikkita bazalarini qoldirishlari ehtimoldan holi emas, ammo ularning u yerni allaqachon tark etishlari vaqti keldi", - dedi ekspert.

Shu bilan birga, Trubnikov fikricha, muzokaralar davom etadi. "Ular hatto qandaydir qarorga kelishar ehtimol, ammo bu yerga gap nimada: Qobulsiz toliblar bilan muzokaralar? Bu katta masala - Qobul protest bildiradi. Qobul bilan lekin toliblarsiz muzokaralar - toliblar bunday muzokaralarni pisand qilmaydi", - dedi u.

AQSH va toliblar oʻrtasida 2019 yilning bir necha oyi davomida muzokaralar oʻtkazildi. AQShning Afgʻoniston boʻyicha vakili Zalmay Xalilzad va toliblarning Doxadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi sakkiz raund muzokaralar natijasi boʻyicha tinchlik toʻgʻrisida bitim loyihasi yuzasidan kelishuvga erishdilar. Bitim oʻt ochishni toʻxtatish, Afgʻonistondan chet el qoʻshinlarini chiqarish va tinchlik toʻgʻrisida umumiy afgʻonlararo muzokaralar boshlanishini nazarda tutardi. Ammo toliblar tomonidan sentyabr oyida Qobulda va boshqa shaharlarda qator teraktlar amalga oshirilib, bunda amerika harbiylari halok boʻlgach, AQSH prezidenti Donald Tramp "Tolibon" bilan muzokaralarni toʻxtatishni va hujjat imzolanishini bekor qilishni buyurgan edi.

Yanvar oyi oʻrtasida toliblar Xalilzodga Afgʻonistonda yetti kundan oʻn kungacha oʻt ochishni toʻxtatish vaqtinchalik rejimni oʻrnatish boʻyicha takliflar bayon etilgan hujjatni taqdim etishdi. Toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili afgʻon radikal harakati va Xalilzod boshchiligida amerika delegatsiyasi oʻrtasida muzokaralar qayta yangilanganligini tasdiqlagan.

Asosiy mavzular