02:32 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat
Havola olish
176402

Belarus rahbari Rossiya bilan integratsiya tarafdori ekanini, lekin u faqat teng huquqli asosda boʻlishi lozimligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya energiya manbaalariga yagona narx evaziga Belarusni oʻziga qoʻshib olishga harakat qilayotganini aytib berdi, RIA Novosti Sputnik Belarus xabariga asosan.

Belarus rahbari aytishiga qaraganda, na rus xalqi na belarus xalqi - hech qachon bunday yoʻlan borishni istamaydi.

Shu bilan birga, oldingi chiqishlarida Lukashenkoning oʻzi bir necha bor Rossiya bilan integratsiya tarafdori ekanini, lekin bunday integratsiya teng huquqli boʻlishi kerakligi haqida aytib oʻtgan edi.

“Belarusning Rossiya tomonidan “yutib yuborilishi” – bu integratsiya emas. Bu – inkorporatsiya. Men hech qachon bunga rozi boʻlmayman”, - dedi Belarus yetakchisi.

Bloomberg agentligi biroz oldin goʻyoki Vladimir Putin Lukashenkoga Rossiya va Belarusni qoʻshib “sverxderjava”, yaʼni oʻta kuchli davlat tashkil etishni taklif qilgan edi. Lekin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu gaplarni rad etib, ikki davlat rahbari Ittifoq doirasida hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishganini aytgan edi.

Oʻtgan yilning bahorida Bloomberg yana bir gipotezani oldingan surgan edi. Goʻyoki Rossiya prezidenti maʼmuriyatida Putinni 2024 yildan soʻng ham hukumat tepasida saqlab qolish imkoniyatlari qidirilayotgani va Rossiya hamda Belarus qoʻshilib yangi davlat tashkil etish va unga Putin prezident boʻlishi ana shunday imkoniyatlardan biri ekanini xabar qilgan edi. Peskov oʻshanda bu gaplarni Krmelda muhokama qilingan masalalarga mutlaq aloqasi boʻlmagan “erkin xayoliy mashqlar” deb atagan edi.

Asosiy mavzular