17:36 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
54620

Afgʻoniston transport vaziri Yamo Shams alohida qayd etishicha, prezident Ashraf Gʻani Oʻzbekistonni Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatishda boshqa davlatlar uchun namuna deb biladi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hayraton, Mozori-Sharif va Kobul shaharlarida Afgʻoniston transport vaziri Yamo Shams, Balx viloyati va Xayraton shahri, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, shuningdek, Balx viloyati ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yuklarni tashish, jumladan tranzit oʻtkazish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish choralarini izlash masalalari, shuningdek, oʻzaro savdo hajmini oshirish kun tartibidagi asosiy bandlar boʻldi.

Xususan, Afgʻoniston transport vaziri Yamo Shams alohida qayd etishicha, prezident Ashraf Gʻani Oʻzbekistonni Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatishda boshqa davlatlar uchun namuna deb biladi.

Afgʻoniston va ushbu mamlakat hududi orqali yuk va tranzit qatnovini sezilarli darajada kengaytirish, mavjud temir yoʻl tariflarini pasaytirish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi. Bu esa ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shu jumladan transport va kommunikatsiya hamda eksport-import operatsiyalari sohalarida aloqalarni chuqurlashtirishga koʻmaklashadi.

Shuningdek, Afgʻonistonga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan turli xil mahsulotlar eksportini oshirish, Oʻzbekistondan Afgʻonistonga yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, afgʻon ishbilarmonlari samarali va unumli ishlashlari uchun yaratilgan sharoitlar uchun Oʻzbekiston hukumatiga samimiy minnatdorlik izhor etib, Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Asosiy mavzular