09:42 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
67532

U shuningdek, Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgani va Mirziyoyev bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorligini qoʻshimcha qilgan.

TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Xitoy xalqiga hamdardlik va koʻrsatilgan yordam uchun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

"Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurash munosabati bilan yoʻllagan taʼziyanomangiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Aytishganidek, qayerdadir kulfat yuz bersa, har yoqdan yordamga shoshiladilar. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan Oʻzbekiston, Xitoy hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi va turli koʻrinishda qoʻllab-quvvatladi. Bu bizga boʻlgan doʻstona munosabatni toʻliq namoyon etdi.

Xitoy epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir, shuningdek, butun jahonda jamoat sogʻligʻini saqlash ishiga hissa qoʻshish yoʻlida xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlashga tayyor", - deyiladi XXR raisi yoʻllagan maktubda.

U shuningdek, Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgani va Mirziyoyev bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorligini qoʻshimcha qilgan.

Asosiy mavzular