09:46 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)
734 0 0

Eng soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, XXRda va butun dunyoda 1 770 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 10 844 kishi virusdan tuzalgan. Kasallanganlar soni — 70 mingdan oshdi.

TOSHKENT, 18 fev - Sputnik. Xitoyning Uxandagi vaqtinchalik gospitallarning birining rahbari COVID19 koronavirusini yuqtirish oqibatida vafot etdi, deb xabar berdi "Jenmin Jibao" nashri. RIA Novosti xabari asosida.

"Uchan" gospitali direktori Lyu Chjimin 17 fevral kuni COVID19ni yuqtirish oqibatida vafot etdi. U koronavirusdan vafot etgan birinchi tibbiy muassasa rahbari boʻldi", - deb yozadi nashr.

Dekabr oyi oxirida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasidagi Uxan shahrida kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar qilgan edi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligi aniqlandi. Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti kasallik avj olishini xalqaro ahamiyatga molik boʻlgan favqulodda holat, deb eʼlon qildi va koronavirusga COVID-2019, deya rasmiy nom berdi.

Oʻzbekiston Hukumati komissiyasi qarori bilan joriy yilning 4-6 fevral kunlari Oʻzbekistonga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan provintsiyasidan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar fuqarolar olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga koʻra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi.

Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, XXRda va butun dunyoda 1 770 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 10 844 kishi virusdan tuzalgan. Kasallanganlar soni — 70 mingdan oshdi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)

Asosiy mavzular