O‘zbekistonda ba’zi lavozimlar tugatilib, o‘rniga yangilari joriy etildi

© Sputnik / Mixail PalinchakPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining  “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatilgan va yangi lavozimlar joriy etildi. 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi tuzilmasida Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokim o‘rinbosarlari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari lavozimi hamda tuman yoki shahar hokimliklari tuzilmalarida hokim o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlari joriy etilgan.

Mujchina zakrivayet portfel - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi

Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan vakolatli organ hisoblanadi.

Shu qatorda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ham hamkorlik o‘rnatib boradi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga har tomonlama ko‘maklashadi va ularning faoliyati rivojlanishiga mas’ul bo‘lish ham vazirlik vazifasiga kiradi.

Vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari – Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari raislari, hududiy bo‘linmalar boshliqlarining tegishli o‘rinbosarlari – Nuroniylar jamoatchilik kengashlari raislari etib belgilanadi.

Bundan tashqari qarorda belgilanishicha, endilikda fuqarolar yig‘ini raisi 5-yil muddatga saylanadi va har yili 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi.

Yangiliklar lentasi
0