Mirziyoyev: bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Kafolat beraman

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v Ankare provel vstrechu s glavami vedushix tureskix kompaniy i bankov
Prezident Shavkat Mirziyoyev v Ankare provel vstrechu s glavami vedushix tureskix kompaniy i bankov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan o‘tgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib olinganini ta’kidladi.

TOShKENT, 20 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni Anqara shahrida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan podpisali rad sovmestnix dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Turkiya: qanday muhim hujjatlar imzolandi

Tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), «Gebze” uyushgan sanoat zonasi, "Ziraat" banki, "Zorlu xolding", "Joshkunoz xolding", "Ekzachibashi", "Baykar", "Dunyagoz", "Kanimed saglik", "Bau global", "Xavelsan" kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan o‘tgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib olinganini ta’kidladi.

"O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institutsional sharoitlar yaratib beriladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda, shuningdek, kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish, savdo, innovatsiya, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi ta’kidlandi. 

Stanislav Tarasov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yuzasidan fikr bildirdi

Turkiyalik ishbilarmonlar o‘tgan yili O‘zbekistonga borgani, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘zgarishlarga, odamlarda «islohotlar tafakkuri”ga guvoh bo‘lganini ta’kidladi. O‘zbekiston bozoriga kirish, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi. 

Shu bilan bir qatorda "Ronesans Holding" bilan "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, shuningdek, shifoxonalar va savdo markazlarini qurish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi. Mirziyoyev bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga o‘tish, burokratik to‘siqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0