23:21 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (43)
48510

"Tolibon" harakati yetakchisining oʻrinbosari Sirojiddin Haqqoniyning aytishicha, toliblar AQSH bilan bitim tuzishdan oldin kelishuvning barcha punktlarini bajarishga tayyorligini bildirishgan

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. "Tolibon" radikal harakati AQSH va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga va tinchlik bitimi imzolanganidan soʻng ularga Afgʻonistonning urushdan keyingi taraqqiyotida ishtirok etishiga ruxsat berishga tayyor.

Bu haqda "Tolibon" yetakchisi oʻrinbosari Sirojiddin Haqqoniy New York Times nashriga maʼlum qildi.

Haqqoniyning aytishicha, toliblar AQSH bilan bitim tuzishdan oldin kelishuvning barcha punktlarini bajarishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Shuningdek, Afgʻonistondan chet el qoʻshinlari chiqarilgach, mamlakatdagi turli harakatlar respublikaning kelajagini aniqlab olish uchun ichki muzokaralarni olib boradilar. Agar bu jarayonda chet el davlatlari ishtirok etsa, toliblar bunga qarshilik bildirmaydi, dedi Haqqoniy.

"Biz mamlakatning yangi inklyuziv tizimi haqida kelishib olish uchun boshqa tomonlar bilan maslahatlashuv va chinakam hurmat asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. Yangi tizim yaratilishida har bir afgʻonistonlik fikri inobatga olinadi", - deb qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Vashington va "Tolibon" radikal harakati oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimni fevral oyi oxirida imzolashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

Oʻtgan yil davomida AQSH va toliblar Doxada sakkiz raund muzokaralarni oʻtkazishdi. Tomonlar tinchlik bitimi boʻyicha deyarli toʻliq kelishuvga borgan bir vaqtda toliblar tomonidan sodir etilgan va amerika harbiylari oʻlimiga sabab boʻlgan terakt tufayli hujjat imzolanmay qolgan edi.

Terakt toʻgʻrisida xabar topgan AQSH prezidenti Donald Tramp buyrugʻi bilan "Tolibon" bilan muloqot toʻxtatildi va bitim imzolanishi bekor qilindi, ammo uch oy oʻtgach, muzokaralar qayta tiklandi.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (43)

Asosiy mavzular