AQSh Afg‘oniston prezidenti inauguratsiyasini keyinga qoldirishni so‘ramoqda

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ashraf G‘ani o‘tgan haftada o‘z g‘alabasi haqida e’lon qilib, payshanba kuni qasamod qabul qilishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. AQSh toliblar bilan kelishuv bekor qilinishi xavfi tufayli afg‘on prezidenti Ashraf G‘anidan o‘z inauguratsiyasini kechiktirishni so‘ramoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar AQSh Afg‘onistonning urushdan keyingi rivojlanishida ishtirok etishiga rozi

Sal oldin "Tolibon" radikal harakati Ashraf G‘anining Afg‘oniston prezidentligiga qayta saylanishi mamlakatda olib borilayotgan tinchlik jarayoniga zid ekanligini ma’lum qilgandi.

Toliblar bo‘lib o‘tgan saylovlarga "yuzaki", "ko‘zni shamg‘alat qiluvchi", deya baho berdilar.

Ashraf G‘ani o‘tgan haftada o‘z g‘alabasi haqida e’lon qilib, payshanba kuni qasamod qabul qilishini ma’lum qilgan edi.

Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti saylovida "Yangi afg‘on patriotlari" g‘olib chiqdi - ekspert

Afg‘onistondagi prezident saylovlari 28-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Xabar berilishicha, dastlabki natijalarga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti G‘ani saylovchilarning 50,64% ovozini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 39,52% ovoz bilan Afg‘onistonning Ijroiya hukumati rahbari Abdulla Abdulla egallagan. Afg‘onistonning sobiq bosh vaziri, "Xizb-e-Islomiy" (Afg‘oniston islom partiyasi) yetakchisi Gulbiddin Hikmator 3,85% ovoz olgan. Prezidentlikka saylov poygasida ikkinchi o‘rinni egallagan Abdulla Facebookdagi akkauntida, saylovlarning dastlabki natijalaridan rozi emasligini aytib, ovozlarning tekshirilishini talab qildi.

O‘tgan hafta juma kuni AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo 29-fevral kuni AQSh "Tolibon" radikal harakati bilan bitim imzolashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida bayonot qilgan edi. Tolo News telekanali ham toliblar bayonotiga tayangan holda, "Tolibon" harakati bitim imzolanishi sanasini tasdiqlagani haqida xabar berdi.

Yangiliklar lentasi
0