08:17 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
224 0 0

Buxoro shahar faollarining yigʻilishda Oʻtkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Buxoro shahar faollarining yigʻilishda Oʻtkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻtkir Jumayev bugunga qadar Buxoro shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Jumayev mehnat faoliyatini 1997 yilda “Buxorosuvqurilish” aktsionerlik jamiyatining 37-son koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish boʻlimi muhandisligidan boshlagan. Keyinchalik u “Buxoroavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish davlat korxonasi direktori (2009-2010), “Buxoroavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish davlat tashkiloti direktori (2011-2012), “KNAUF GIPS BUXORO” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona oʻquv markazi boshligʻi (2012-2015), “KNAUF GIPS BUXORO” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (2015-2019) lavozimlarida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi. Avvalroq esa Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlangan edi.

Asosiy mavzular