00:24 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
438 0 0

Bugun Moskvada Vladimir Putin va Toyyib Erdogʻanning Suriya Idlibidan tinchlik oʻrnatish boʻyicha muzokaralari boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 5 mar - Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyib Erdogʻan TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu, mudofaa vaziri Xulusi Akar, moliya vaziri Berat Albayrak, hamda milliy razvedka tashkiloti rahbari Xakan Fidanlardan iborat delegatsiya bilanMoskvaga yetib keldi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bugun Moskvada Vladimir Putin va Toyyib Erdogʻanning Suriyaning Idlib viloyatida tinchlik oʻrnatishga qaratilgan muzokaralari boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, 27 fevral kuni "Xayyat Taxrir ash-Sham" terrorchilar guruhi Suriya qoʻshinlariga yirik masshtabli hujum boshlagan edi. Suriya armiyasi bunga javoban jangarilar joylashgan hududlarni oʻqqa tutgan.

Rossiya Mudofaa vazoʻirligi xabariga koʻra, ushbu otishmada 36 nafar turkiyalik harbiylar qurbon boʻlgan. Aslida Turkiya askarlari jangarilar joylashgan hududda boʻlmasligi kerak edi. Shundan soʻng Turkiya dronlar toʻdasidan foydalanib Suriya armiyasining bir necha nishonlarini yoʻq qilgan. Rossiya harbiylari ushbu toʻqnashuvlarda ishtirok etmagan.

Rossiya TIV bayonotiga koʻra, Turkiya Sochida kelishilgan Suriya boʻyicha tinchlik shartnomasining bir necha boʻlimlarini bajara olmagan. Xususan, Idlib hududidagi qurollangan muxolifat guruhlarini terrorchilardan ajratib olmagan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Ostona shahrida Rossiya, Eron, Turkiya va Suriya orasida erishilgan kelishuvlarga koʻra, Suriya hududi 4ga boʻlingan edi. 2018 yil davomida ulardan 3tasi Damashq nazorati ostiga oʻtdi. Idlib viloyatida joylashgan 4- hudud esa haligacha terrorchilar qoʻl ostida qolmoqda. 2018 yilning sentyabr oyida Rossiya va Turkiya Idlibda demilitarizatsiya qilingan hudud tashkil qilishga kelishib olishgan edi.

Asosiy mavzular