12:35 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (49)
80612

Oʻzbekiston hukumati mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilishiga doir taklifni maʼqulladi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tez orada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) kuzatuvchi sifatida kirish taklifini ilgari surishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti mamlakat Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Hukumatning ishchi guruh tomonidan juma kuni qabul qilingan qaror tez orada Oliy Majlis palatalariga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

“Hukumat yaqin kunlarda parlamentning har ikki palatasiga Oʻzbekistonning YEOIIda kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi haqidagi taklifni kiritadi”, - dedi hukumat vakili.

Taʼkidlanishicha, oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra bugungi kunda kuzatuvchi maqomi Oʻzbekiston uchun eng maʼquli degan xulosaga kelingan.

Yigʻilishda yetakchi mustaqil konsalting kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining izlanishlari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va xulosalar koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorligi doirasidagi iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, sanoat, tashqi savdo siyosati, bojxona-tariflarini tartibga solish mexanizmi, mehnat migratsiyasi, standartlashtirish va veterinariya, sanitariya, fitosanitariya nazorati kabi koʻplab masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosalari oʻrganib chiqilgan.

YEOII – 2015 yildan buyon amal qilib kelayotgan integratsion iqtisodiy birlashma. Unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzodir.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (49)

Mavzu boʻyicha

Glazyev: YEOII Oʻzbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi
Agar Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, bu mehnat migrantlariga foydali boʻladi - Rahimov
Ekspertlar Oʻzbekistonning YEOIIga kirish istiqbollarini oʻrganishdi
Shavkat Mirziyoyev iqtisodchi sifatida YEOII foydasi va xatarini tushunadi - Matviyenko
Mirziyoyev bosim ostida egiladigan siyosatchi emas - Safoyev YEOII muzokaralari haqida
Ilhom Neʼmatov: YEOIIga kirish bizga foydali, muzokaralar davom etmoqda
YEOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda
YEOIIga qoʻshilish Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga qanday taʼsir qiladi
Jamshid Qoʻchqorov YEOII haqida: agar foydali boʻlsa, qoʻshilamiz
Oʻzbekiston YEOIIga kirishining ijobiy tomonlari haqida - Qozogʻiston savdo vaziri muovini
Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilmoqchimi?
Germaniya Oʻzbekistonning YEOIIga bosqichma-bosqich qoʻshilishini ijobiy baholadi

Asosiy mavzular