08:50 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
138 0 0

Ushbu yangi tartib ichki ishlar organlari xizmat va boʻlinmalarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish, mavjud byurokratiya holatlarini qisqartirish maqsadida joriy etilmoqda.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda ichki ishlar organlarining tashkiliy tizimi isloh qilinadi. Shavkat Mirziyoyev mamlakat miqyosida va tumanlar kesimida kuch va vositalarni boshqarishning yangi mexanizmlariga bagʻishlangan loyiha taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, ichki ishlar organlari boshqaruv tizimidagi qator rahbarlik lavozimlarini optimallashtirish boʻyicha takliflar bildirilgan. Taʼkidlanishicha, bu huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kundalik faoliyatni samarali tashkil etish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Toshkent shahar ichki ishlar organlari ishining natijalari muhokama qilinib, joriy yilda poytaxtda jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini yanada oshirishning asosiy kontseptual yoʻnalishlari toʻgʻrisida axborot berildi.

“Ushbu yangi tartib ichki ishlar organlari xizmat va boʻlinmalarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish, mavjud byurokratiya holatlarini qisqartirish, joylarda shaxsiy tarkibni boshqarish boʻyicha sifat jihatidan yangi tizimni bosqichma-bosqich yaratish maqsadida joriy etilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev “raqamli Toshkent” loyihasi bilan tanishib, koʻplab koʻrsatmalar bergani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular