TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 12-mart kuni Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi”, - deyilgan xabarda.
Prezidentning oldingi viloyatga tashrifi 2018-yil noyabrida amalga oshirilgan edi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan bevosita tanishgan edi.