12:35 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
344 0 0

Pekin amerikaning Wall Street Journal nashrida ishlaydigan uch nafar jurnalistni "Xitoy - Osiyoning haqiqiy kasali" maqolasi uchun akkreditatsiyadan mahrum qilib, mamlakatdan chiqarib yuborgach, AQSH shu tarzda javob qaytardi.

TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Xitoyning toʻrtta davlat OAVlari 13 mart sanasiga kelib AQShdagi xodimlari sonini Qoʻshma Shtatlar Davlat departamenti tomonidan qoʻyilgan cheklovlarga muvofiq qisqartirishlari lozim.

Ilgari xabar berilganidek, koʻrsatilgan muddatga kelib, mamlakatni 60ga yaqin kishi tark etishi lozim, yuz nafar XXR fuqarosigina AQShda qolib ishlash huquqini saqlab qoladi. Xususan, China Radio International - ikki, China Daily nashri – toʻqqiz, China Global Television Network (CGTN) telekanali – 30, Sinxua axborot agentligi esa – 59 nafar xodimlarini mamlakatda qoldirishi mumkin.

Bu kutilmagan xabar emas

Vaziyatdan xabardor manbaning RIA Novosti agentligiga maʼlum qilishicha, xitoy OAVlari AQSH hukumati talablarini bajarishga kirishishgan va bu qaror "kutilmagan" emas.

"Ikkiyoqlama munosabatlar maʼlum vaqtdan buyon yomonlashib kelayotganini hisobga olgan holda, bu kutilmagan qaror boʻldi, deya ayta olmayman, xitoy OAVsiga nisbatan keskin choralarni ogohlantirish signali sifatida qabul qilish mumkin", - dedi u.

Suhbatdoshning aytishicha, hozirgi holat alohida jurnalistlar faoliyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazishi dargumon. Ammo tashkilotlar uchun bu "tarkibni sezilarli qisqartirish"ni va "ayrim vazifalarning majburan qisqartirilishi"ni anglatadi. U shuningdek, ushbu OAVlar qisqartirilgan shtat oʻrnini toʻldirish uchun amerikalik xodimlarni ishga olish-olmasliklaridan bexabarligini aytib oʻtdi.

Endi chet el missiyalari

Ushbu harakatlar AQSH tomonidan Xitoyning beshta tashkilotiga nisbatan kiritilayotgan cheklov choralarining bir qismidir. Rasmiy Pekin amerikaning Wall Street Journal nashrida faoliyat yurituvchi uch nafar jurnalistni "Xitoy - Osiyoning haqiqiy kasali" maqolasi uchun akkreditatsiyadan mahrum qilib, mamlakatdan chiqarib yuborgach, AQSH mana shu tarzda javob qaytardi.

Xitoy hukumati fikricha, material XXRning virusga qarshi olib borayotgan kurashini obroʻsizlantirgan, shuningdek, "shov-shuvli irqchilik hidi kelib turgan sarlavhaga ega boʻlgan". Nashr uzr soʻrashdan bosh tortgan.

Oradan biroz vaqt oʻtgach, AQSH Davlat departamenti, yuqorida nomlari tilga olingan beshta OAVni, shuningdek, China Dailyni tarqatish bilan shugʻullanuvchi Hai Tian Development USA kompaniyasini "chet el missiyasi"ga tenglashtirdi. Bu degani, endilikda ular Davlat departamenti oldida oʻz xodimlari va AQShdagi mol-mulki haqida hisobdorligini anglatadi.

Yana biroz vaqt oʻtgach, Davlat departamenti vizaviy cheklovlar kiritilishi haqida eʼlon qildi. Idora vakilining jurnalistlarga bergan xabariga koʻra, 2015 yildan buyon AQSH XXRga 3000ta jurnalist vizasini bergan, ammo bir vaqtning oʻzida Xitoyda atigi 75 nafar Amerika OAVlariga qarashli chet el xodimlari akkreditatsiya qilingan.

Bundan tashqari, xitoyliklar muddati cheklanmagan viza olayotgan bir vaqtda, XXRda viza muddati atigi 30 kunni tashkil qiladi va uni muntazam uzaytirish talab etiladi.

Davlat departamenti endi cheklovlarga aks javob qaytarilishi haqida maʼlum qilgan, idora vakili - bu viza muddati 30 kungacha qisqartirilishini anglatadimi, aniqlashtirmagan. Bunday vizani uzaytirish uchun AQSH hududidan chiqib, vizani konsullikda olish talab etiladi.

Davlat departamenti fikricha, ushbu choralar Xitoy hukumatining chet el jurnalistlariga nisbatan "yanada adolatli munosabatda" boʻlishiga turtki berishi kerak.

Sovuq urush

Bunga javoban XXR TIV keskin norozilik bildirgan va tanqidiy bayonot bilan chiqish qildi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShni "sovuq urush ruhida fikrlash"da ayblab, bunday mafkuraviy bidʼatlardan voz kechishga chaqirdi.

Tashqi siyosiy mahkama AQShda akkreditatsiyadan oʻtgan xitoy OAVlari axborot tarqatishda obʼyektivlik, adolat, haqiqat va aniqlik tamoyillariga amal qilishlarini, ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tushunish va kommunikatsiyalarning mustahkamlanishida muhim rol oʻynashini, shuningdek, gumanitar sohalardagi oʻzaro almashinuv va gumanitar aloqalarni rivojlanishiga koʻmak berayotganini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Pekin, kelgusida javob choralarini koʻrishi mumkinligiga ishora qildi.

"Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi" voqealar bu tarzda rivojlanayotganini keskin qoraladi va ikkala davlatni ham oʻch olish siyosatidan voz kechishga chaqirdi. AQSH esa "Pekinning avtoritar taktikasini oʻzlashtirish" oʻrniga, matbuot erkinligida yetakchilik namunasini koʻrsatishga daʼvat qilindi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)

Asosiy mavzular