"O‘zganing ishiga aralashmang": Tojikiston TIV AQSh Davlat departamentini tanqid qildi

© © Sputnik / Amir IsayevJiteli goroda Dushanbe, arxivnoe foto
Jiteli goroda Dushanbe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston TIV bayonotiga ko‘ra, AQSh Davlat departamentining Tojikistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq dokladi shubhali manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan, shuningdek, dokladning ko‘p joylari o‘tgan yilgi hisobotdan ko‘chirib qo‘yilgan

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. "O‘zganing ishiga aralashmang". Tojikiston TIV tomonidan AQSh Davlat departamentining tadqiqotlariga yo‘llangan javobini qisqacha shunday tavsiflash mumkin, deb xabar qiladi Sputnik Blijnee zarubejye telegram kanali.

Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Inson huquqlari masxarami: AQSh BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqmoqda

AQSh Davlat departamenti o‘z tadqiqotlarida Tojikistondagi inson huquqlari buzilishi holatini ko‘rsatib bergan. Bunga javoban Tojikiston TIV inson huquqlari bilan AQSh emas, balki BMT shug‘ullanishini eslatib o‘tgan.

"Dunyoning turli davlatlarida inson huquqlari ta’minlanishi masalalari va buni kuzatish bilan BMT qoshidagi kengash yoki qo‘mita shug‘ullanishi kerak, amerika idorasi emas", deyiladi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining AQSh Davlat departamenti dokladiga javoban yo‘llangan javobida.

AQSh Davlat departamenti hisoboti Tojikistonda inson huquqlari bilan vaziyat haqida haqqoniy tahlil bermaydi, lekin siyosiy ohangga ega. Bundan tashqari, hujjat mualliflari, avvalo tekshirilmagan manbalarga tayanishgan, deyiladi xabarda.

TIV, hujjatda shubhali manbalardan tashqari, oldingi hisobotlardan matnlar ham takroriy keltirilganiga, doklad ustida ishlaganlar esa, qator muhim omillar, misol uchun, Tojikistonning terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashda qo‘shgan hissasini inkor qilganliklariga alohida e’tibor qaratgan.

Tojikiston inson huquqlari bo‘yicha milliy instrumentlarga berilgan bahoni nomaqbul va xalqaro-huquqiy normalarga tamomila zid deb biladi, deyiladi javob xatida. Tojikiston TIV fikriga ko‘ra, bundan ayrim davlatlar boshqa davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir o‘tkazish uchun bir yoqlama foydalanadi.

Shu bois, AQSh Davlat departamentiga Tojikistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlari hurmat qilinishi degan tushuncha doirasidan chetga chiquvchi, odamlarni chalkashtiradigan va asossiz ma’lumotlarni chop etishdan o‘zni tiyish astoydil tavsiya etib qolingan.

Yangiliklar lentasi
0