13:04 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
256 0 0

Shavkat Mirziyoyevning Xorazmga tashrifidan soʻng Yangibozor, Hazorasp, Yangiariq tumanlariga yangi hokim tayinlandi.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Xorazm viloyatining Yangibozor, Hazorasp, Yangiariq tumanlariga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Xalq deputatlari uchta tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda tashkiliy masala koʻrilgan.

2018 yildan Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanov Oʻktamboy Yangibozor tumani hokimi etib tayinlandi.

2018 yildan Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Oʻktam Masharipov Hazorasp tumani hokimi etib tayinlandi.

Shuningdek, Yangiariq tumani hokimi Maxsud Saidov rasman egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu lavozimga Muxammedmurad Xudayberganov tayinlandi. Xudayberganov 2019 yildan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga safar qilib,  hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishishgan edi.

Asosiy mavzular