AQSh 9-may kuni Moskvaga oliy martabali delegatsiyani yubormoqchi

© Sputnik / Iliya Pitalev / Mediabankka o‘tishZnamennaya gruppa vo vremya marsha, priurochennogo k 78-y godovshine parada 7-noyabrya 1941 goda na Krasnoy ploshadi
Znamennaya gruppa vo vremya marsha, priurochennogo k 78-y godovshine parada 7-noyabrya 1941 goda na Krasnoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin prezident Vladimir Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Kreml amerika prezidenti Donald Tramp G‘alaba yubileyi bayramiga Moskvaga kelmasligi haqida ma’lumot olgani haqida xabar bergan edi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Oliy martabali amerika delegatsiyasi 9-may kuni o‘tkaziladigan G‘alabaning 75-yilligi bayramida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyuradi, agar Rossiyaning koronavirus atrofidagi vaziyat tufayli tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq rejalari  o‘zgarmasa, deya ma’lum qildi AQSh elchisi Jon Sallivan.

Voyennoslujashix paradnix raschetov na voyennom parade, posvashennom 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
Moskva koronavirusdan qo‘rqmaydi – G‘alaba paradi o‘tkaziladi

"Men bugungi kunda AQSh delegatsiyasidan kimlar o‘rin olishi haqida hech qanday qo‘shimcha qilolmayman. Ammo ishontirib aytishim mumkinki, AQSh prezidenti va uning administratsiyasi istagi bu - agar 9-may kuni tadbirlar Rossiya hukumatining dastlabki rejasiga muvofiq o‘tkazilsa, u holda AQShning oliy martabali delegatsiyasi bu tadbirga tashrif buyuradi", - degan Sallivan "Kommersant" nashriga bergan intervyusida.

Elchi Qo‘shma Shtatlar o‘sha yillar - "75 yil muqaddam ittifoqdoshlarning natsist Germaniyasi va Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba"si voqeasiga o‘ta jiddiy va mas’uliyat bilan qarashini qayd etgan.

"Bayramni nishonlash uchun sabab bor, bu juda muhim sana. Hozircha, koronavirus tufayli, nimanidir prognozlashtirish qiyin, lekin bayram avvaldan rejalashtirilgani kabi 9-may kuni bo‘lib o‘tsa, u holda, ishtirokchilar orasida AQShdan ham oliy martabali delegatsiyani ko‘rasizlar", - degan elchi.

U shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli, Qo‘shma Shtatlar ko‘plab tadbirlarni bekor qilishga majbur bo‘lganligini qo‘shimcha qilgan. Kollejlar o‘rtasida o‘tkaziladigan an’anaviy basketbol chempionati shular jumlasidan.

"Ammo biz fuqarolarimizni himoyalash uchun nimaiki lozim bo‘lsa, amalga oshiramiz. Rossiya hukumati ham xuddi shunday ish tutadi va o‘z fuqarolari uchun qayg‘uradi. Bu bizning prezidentimiz uchun ustuvor va mening bilishimcha, Rossiya rahbariyati uchun ham xuddi shunday", - deb aytgan amerikalik diplomat.

Seremoniya peredachi kopii Znameni Pobedi Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlaridan o‘tadigan "G‘alaba estafetasi" O‘zbekistongacha keladi

Sal oldin prezident Vladimir Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Kreml amerika prezidenti Donald Tramp G‘alaba yubileyi bayramiga Moskvaga kelmasligi haqida xabar olganligini ma’lum qilgandi. Moskva tomoni AQSh bu tadbirga qanday darajadagi delegatsiyani yuborishidan bexabar.

Koronavirus pandemiyasi

O‘tgan hafta Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydan tarqalgan COVID-19 virusi epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 130dan ortiq davlatlarda 157 mingdan ziyod kishi ushbu virus bilan bemorlangan.

Ulardan olti mingdan ziyodi vafot etgan, 75 ming bemor shifo topgan.

Yevropada koronavirus tarqalganligi bo‘yicha yetakchi o‘rinni Italiya egalladi: u yerda 21 ming nafar bemor qayd etilgan, 1441 kishi vafot etgan.

O‘zbekistonda shu paytga qadar koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 4 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0