14:46 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)
96110

"Dunyoda yuz berayotgan pandemiya — geosiyosiy hisob-kitob qilish vaqti emas, ayniqsa, u asosga ega boʻlmasa va shunchaki oʻz ambitsiyalarini qondirish uchun Vashington tomonidan oʻylab topilgan boʻlsa", - deydi Rossiya TIV.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. AQSH aniq maqsadni koʻzlab, Eronga koronavirusga qarshi kurashishda halal bermoqda, Moskva Vashingtonni Erondan zudlik bilan sanktsiyalarni olib tashlashga chaqiradi, deb bayonot berdi Rossiya TIV.

"COVID-19 virusi tufayli yuzaga kelgan pandemiya koʻlami oshib borayotgani haqidagi xabarlar fonida, bizning saxiy qoʻshnimiz va sherigimiz - Eron Islom Respublikasining adolatsiz, noteng, tang ahvolda qolayotganligini eʼtibordan chetda qoldirolmaymiz", - deyiladi tashqi siyosiy mahkama xabarida.

Sal oldin Eron prezidenti Hasan Ruhoniy amerikaliklar tomonidan 2018 yilning may oyida "maksimal bosim oʻtkazish" kampaniyasi doirasida noqonuniy va bir yoqlama kiritilgan sanktsiyalar infektsiyaning oldini olishga qarshi samarali kurash olib borish yoʻlida kuchli toʻsiq boʻlayotganini bayon qilgan edi. Rossiya TIV fikricha, Eronda koronavirus tufayli qurbonlarning koʻpayib borayotgani faqatgina kasallik tufayli emas, balki AQSH aniq maqsad bilan bunga qarshilik koʻrsatayotganidadir.

"AQShning insonparvarlikka zid siyosati Moskvada chuqur taassuf, xatar va jiddiy tashvishni keltirib chiqaradi", - deyiladi TIV xabarida. Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi qatʼiylik bilan Vashingtonni "haqiqat koʻziga tik qarashga va Erondagi inson huquqlari negiziga zarba berayotgan sanktsiyaviy cheklovlarni zudlik bilan olib tashlash haqida qarorni qabul qilishga" chaqirgan.

"Dunyoda yuz berayotgan pandemiya — geosiyosiy hisob-kitob qilish vaqti emas, ayniqsa, u asosga ega boʻlmasa va shunchaki oʻz ambitsiyalarini qondirish uchun Vashington tomonidan oʻylab topilgan boʻlsa", - deydi TIV.

Eronda yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar soni 14,9 ming kishiga yetdi. Bir sutkada 129 kishi vafot etgan. Qurbonlarning umumiy soni 853 nafarni tashkil qilmoqda.

Oʻtgan haftada BSST Xitoyning Uxan shahridan tarqalgan epidemiyani pandemiya deb eʼlon qilgan edi. Kasallikka rasman COVID-19 deya nom berilgan. Bugungi kunda infektsiyaga chalinganlik holati 170 mingga yetgan, bemorlarning 75 minggi shifo topgan, 6,5 mingdan ziyodi vafot etgan. Virus 151ta mamlakatni qamrab olgan, epidemiya markazi Xitoydan Yevropaga koʻchgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)

Asosiy mavzular